AQŞning Minneapolis şahridan uçayotgan Delta Airlines samolyoti Torontoning Lester Pirson nomidagi aeroportida ağdarilib ketdi. Hodisa 17 fevral, duşanba kuni samolyot qönayotgan vaqtda sodir bölgan.

OAV xabariga köra, hodisa oqibatida sakkiz kişi jarohatlangan. Ulardan uç nafari – bir bola va ikki katta yoşli yölovçi oğir ahvolda şifoxonalarga yetkazilgan. Bombardier CRJ 900 bortida jami 76 yölovçi va tört nafar ekipaj a’zosi bölgan. Aeroport ma’lumotlariga köra, ularning heç biri halok bölmagan.

Delta Airlines vakillarining aniqlik kiritişiça, parvoz DA kompaniyasining ştab-kvartirasi Minneapolisda joylaşgan Endeavor Air şu’ba tuzilmasi tomonidan amalga oşirilgan.

Odamlar ağdarilgan samolyotdan özlari çiqib ketgan

Guvohlar tomonidan e’lon qilingan aeroportdan olingan fotosuratlar va videolarda samolyotdan tutun kötarilayotganini köriş mumkin. Biroq jiddiy yonğin qayd etilmagan. Mahalliy politsiya matbuot kotibi Sara Pattenning Reuters agentligiga aytişiça, bortdagi odamlarning özlari ağdarilib ketgan kemadan çiqib ketişga muvaffaq bölgan.

«Aviafalokat yuz berdi. Biroq, hozirça biz uning atrofidagi holatlarni bilmaymiz. Mening tuşunişimça, yölovçilarning aksariyati samolyotdan soğ-omon tuşib ketgan, biroq biz hali ham buni tasdiqlaşga harakat qilmoqdamiz, şuning uçun ham voqea joyida tergov davom etmoqda», — dedi konstebl.

Ommaviy axborot vositalari Torontoda sönggi kunlarda noodatiy darajada kuçli qor yoğganiga e’tibor qaratmoqda. Şunday qilib, mahalliy aeroport hududida atigi bir hafta içida 53,6 sm yoğingarçilik qayd etildi — bu sönggi uç oydagi jami yoğingarçilikdan köp.