Yaqin Sharqda IShID tarkibida jang qilayotgan afrikalik 6 mingga yaqin jangari Afrikaga qaytishi mumkin. Bu haqda Afrika Ittifoqi tinchlik va xavfsizlik masalalari bo‘yicha komissari Smail Shergi bayonot berdi. U Jazoirning Oran shahrida terrorchilik tahdidlariga bag‘ishlangan forumda chiqish qilar ekan, shunday xavotirlarni bildirdi, deb xabar qilmoqda Daily Sabah nashri. 

"Hisobotlarda 30 ming xorijlik ishidchilar orasida 6 ming afrikalik borligi aytiladi, - degan Shergi. – Bu guruhlarning Afrikaga qaytishi tinchlik va xavfsizlik borasida jiddiy tahdid uyg‘otishi ehtimoli Afrika mamlakatlarining qalin hamkorligini talab etadi". 

U qit'a mamlakatlarini o‘z vatanlariga qaytayotgan "qurollangan nusxalar xususida ma'lumotlar bilan almashishga" chaqirdi. 

Bundan avval, Afrika Ittifoqi ishchi guruhi tarkibiga kiruvchi ekspertlar ham IShID jangarilarining bir qismi Afrikaga ko‘chishi mumkinligidan ogohlantirishgan edi.