Google 25 yil içida birinçi marta qidiruv tizimini özgartirdi
|20:13 / 26.05.202610 6157 min
Google I/O 2026 konferensiyasida kompaniya sönggi yillardagi eng yirik AI-servislar yangilanişini taqdim etdi: yangi modellar, agent servisi, qayta işlangan qidiruv, aqlli közoynaklar va onlayn-xaridlar uçun vositalar.Biz barça anonslarni tahlil qilib, allaqaçon işlayotgan, keyinroq çiqadigan va hozirça faqat slaydlarda mavjud bölgan vositalarga ajratib çiqdik.
ChatGPT Google’ni qanday özgartirdi?
2022 yilda ÇatGPT’ning işga tuşirilişi Google’ning AI-strategiyasini tezlaştirgan omillardan biri böldi. Ilgari Google qidiruvi havolalar va qidiruv natijalarini beruvçi tizim sifatida işlagan bölsa, çat-botlarning ommalaşuvi foydalanuvçi tayyor javobni darhol oladigan formatga talab borligini körsatdi.
Google Bard çat-boti bilan javob berdi va birinçi demoning özidayoq u Jyeyms Uebb teleskopihaqida notöğri javob berdi. Aksiyalar narxi 7–8% ga pasayib ketdi, bu bir kunda bozor qiymatining 100 mlrd dollardan ortiq qismini yöq qildi. Keyin esa AI Overviews pitssaga yelim qöşişni tavsiya qildi va bu barça yangiliklarda aytildi.
Şundan söng Google strategiyasini Gemini va agent AI-servislari atrofida qayta qurdi. Kompaniya uşbu yönaliş natijasini AI yangi mahsulotlar uçun markaziy qismga aylangan Google I/O 2026da körsatdi.
Google’da AI qançalik kuçaydi?
Anonslardan oldin Google ösiş böyiça bir neçta körsatkiçlarni keltirdi. Kompaniya bir oyda 3,2 kvadrillion tokenni qayta işlaydi — bu ikki yil avvalgidan 330 baravar köp. Gemini ilovasining auditoriyasi bir yil içida oylik faol foydalanuvçilar soni böyiça 400 mln dan 900 mln nafargaça ösdi, bu ChatGPT bilan deyarli bir xil.
Google şuningdek, 2026 yilda infratuzilmaga 180–190 mlrd dollar yönaltirişni rejalaştirayotganini ma’lum qildi. Uç yil oldin bu summa 31 mlrd edi.
Google qidiruvi qanday özgaradi?
Google I/O 2026’ning asosiy anonslaridan biri qidiruv tizimi yangilanişi böldi.
Yangi qidiruv satri
Google 25 yil içida ilk bor qidiruv satrini özgartirdi. U 2001 yildan beri bir xil edi: qisqa sörovlar uçun uzun va ingiçka yöl. Endi esa satr yoziş davomida kengayadi, foto, fayl va videolarni qabul qiladi hamda sörov uçun ma’noviy aniqlaştirişlarni özi taklif qiladi.
Mavzuga oid
Ilgari «borşç retsepti» deb yozilardi. Endi esa «uyda faqat kartoşka, tuxum va smetana bölsa keçki ovqatga nima tayyorlaş mumkin» deb yoziş va kengaytirilgan javob oliş mumkin.
AI Mode va AI Overviews
Google AI Mode va AI Overviews’niyagona interfeysga birlaştirdi.
Ilgari ular ikkita alohida rejim edi, endi esa bitta sahifa. Savol berasiz, javob olasiz, aniqlaştirasiz, kontekst saqlanadi, yangi sessiya boşlaşga hojat yöq.
Kompaniya ma’lumotiga köra, AI Mode’dan oyiga bir milliarddan ortiq kişi foydalanmoqda. Yangilanişdan keyin klassik qidiruv natijalari va AI-javoblar yagona tizimga aylanadi.
Qidiruv agentlari
Google brauzer yopilganidan keyin ham işlaşda davom etadigan qidiruv agentlarini taqdim qildi.
Istalgan mavzuda monitoringni sozlaş mumkin: belgilangan parametrlar böyiça yangi köçmas mulk e’lonlari, tovar narxlarining özgarişi, kerakli sörov böyiça yangiliklar. Nimadir özgarsa, agent xabarnoma yuboradi. Bu funksiya yozda çiqadi.
Qidiruvdagi generativ interfeyslar
Murakkab sörovlar uçun qidiruv endi natijaning özida interaktiv vizualizatsiyalar tayyorlaşi mumkin. Demoda talaba qora tuynuklarning makon-zamonga ta’siri haqida söradi va matn örniga parametrlarini real vaqtda özgartiriş mumkin bölgan simulyator çiqdi.
Işonçli eşitiladi, lekin aniqlik masalasi oçiqligiça qolmoqda. AI Overviews ilgari pitssaga yelim qöşişni tavsiya qilgan, qora tuynuklar fizikasi esa undan ança murakkab. Funksiya yozdaçiqadi.
Onlayn-xaridlarda nimalar özgaradi?
Google onlayn-şoping uçun yangi AI-funksiyalarni körsatdi.
Search, Gemini, YouTube va Gmail’da işlaydigan universal savatça. Tovar qöşilgandan keyin tizim çegirmalar, narxlar özgarişini kuzatişi va tovarlar mos kelmasligi haqida ogohlantirişi mumkin böladi.
Google ma’lumotiga köra, AQŞda shopping-funksiyalari yozda işga tuşiriladi.
Oddiy foydalanuvçi uçun asosiy anons. Spark — siz boşqa işlar bilan band bölganingizda vazifalarni bajaradigan agent. Gmail, Calendar, Docs, Drive va Sheets bilan işlaydi.
U mustaqil ravişda ma’lumot töplaşi, hujjatlarni yangilaşi, xabarlar qoralamalarini tayyorlaşi va boşqa vazifalarni bajarişi mumkin. ChatGPT va Claude şunga öxşaş narsani körsatgan edi, lekin ular kundalik hayotda adaşib ketadi va yarim yölda töxtaydi.
Birinçi bosqiçda servis AQŞdagi Google AI Ultra obunaçilari uçun işga tuşadi, keyinroq foydalaniş imkoniyatini kengaytiriş va boşqa servislar bilan integratsiya qiliş rejalaştirilmoqda.
Gemini Omni
Pullik foydalanuvçilar Gemini Omni’ga matnli buyruqlar orqali rasm va videolarni tahrirlaş funksiyalariga ham töğridan-töğri ilova içida kiriş imkoniga ega böldi,
Daily Brief
Gmail, Calendar va vazifalar asosidagi şaxsiy tonggi dayjest. Har tong asosiy ma’lumotlarni yiğadi, mavzular böyiça tartiblaydi va keyingi qadamlarni taklif qiladi. Tez körib çiqiş uçun işlab çiqilgan. Hozirda Plus, Pro va Ultra obunaçilari uçun AQŞda mavjud.
Qurilma AI bilan ovozli muloqot, navigatsiya, real vaqtda tarjima, ma’lumot qidiriş va smartfonni qölga olmasdan vazifalarni bajarişni qöllab-quvvatlaydi.
Közoynaklar kamera, mikrofon va dinamiklar bilan jihozlangan, Android va iPhone bilan işlaydi. Google qurilmani Warby Parker va Gentle Monster brendlari bilan hamkorlikda işlab çiqmoqda. Hozirça narxi aytilmadi. 2026 yil kuzida çiqadi.
Google I/O 2026 da yana nimalarni körsatdi?
Google foydalanuvçi servislaridan taşqari dasturçilar va olimlar uçun vositalarni ham taqdim qildi.
Antigravity 2.0 - AI-agentlar yaratiş platformasi. Demoda tizim 93 ta parallel agent yordamida 12 soat içida va ming dollardan kam mablağga işlaydigan operatsion tizimni noldan yozdi va yakunda unda Doom işga tuşirildi.
Gemini for Science - olimlar uçun vositalar: maqolalar tahlili, gipotezalar generatsiyasi, iqlimni modellaştiriş. Alohida AlphaEarth Foundations — sayyoraning raqamli egizagi va WeatherNext.U 2025 yilda 5-toifali dovul yönalişini an’anaviy tizimlardan uç kun oldin başorat qilgan.
SynthID - AI-kontentni raqamli belgilaş tizimi. Uç yil içida 100 mlrd tasvir va video belgilangan. Standartga OpenAI, Kakao va Eleven Labs qöşildi. Endi qidiruv va Çrome’da har qanday tasvirning kamerada olingani yoki AI tomonidan yaratilganini tekşiriş mumkin.
Dasturçilar uçun vositalar - yangilangan Gemini API va Google AI Studio, Android va web-dasturçilar uçun yangi vositalar.