Turkiya Taşqi işlar vaziri Mavlud Çovuşöğli NTV telekanaliga bergan intervyusida ma'lum qildiki, Suriya prezidenti Başar Asad rejimi endi Turkiya uçun xavf tuğdirmayapti. Şu bilan birga u Turkiyaning suriyaliklar yetakçisiga munosabati özgarmasligi — Turkiya u Suriyani boşqarişga va saylovlarga tayyorlaşga ham layoqatsizligi haqida qayd etib ötgan.

Vazirning sözlariga köra, ayni vaqtda Turkiyaga Suriya hududidagi kurdlarning partiyalari - «Demokratik ittifoq» (PYD) va Kurdiston işçilar partiyasiga (bu partiyalar Turkiyada terroristik taşkilotlar hisoblanadi) qarşi amaliyotlar ötkazilsa, Anqaraning harakatlari Rossiya va boşqa ittifoqçilar bilan muvofiqlaştirilgan holda olib boriladi.

Janob Çovuşöğli, şuningdek, Turkiya Rossiyaga Suriya Milliy kongresidagi muloqotlarda qatnaşişga tayyor bölgan kurd taşkilotlari röyxatini taqdim etgani haqida ma'lum qilgan.

Bundan avvalroq, Turkiya TIV rahbari Anqara terroristik faoliyat bilan şuğullanmaydigan kurdlarning Suriyadagi siyosiy jarayonlarda qatnaşişiga tösqinlik qilmasligi haqida gapirgandi.

«Ular mamlakat birligini emas, parçalanişini istaşadi. Umummilliy muloqot barçani, kurdlarni ham, şialarni ham, sunniylarni ham, xristianlar va turkmanlarni ham qamraşi kerak, bilaks, terrorçilarni emas. Turkiyaning Turkiya, Suriya va Iroqdagi kurdlar bilan muammolari yöq, agar ular terrorizmga aloqador bölişmasa»,— deya qöşimça qilgan vazir.

Kongress 2018 yil fevralida Soçida bölib ötişi rejalaştirilgan. Kongress çoğida Suriyaning yangi Konstitutsiyasi tamoyillari işlab çiqilişi va mamlakatda ötkaziladigan saylovlar şartlari aniqlab olinişi kutilmoqda. Suriya Milliy muloqot Kongressini taşkil etiş taşabbusi Rossiya prezidenti Vladimir Putin tomonidan taklif etildi. Bu taşabbus 22 noyabr kuni Soçida Rossiya, Turkiya va Eron rahbarlari iştirokidagi uçraşuvda ma'qullandi. Turkiya rahbari öşanda Suriya kurdlari bu muloqotda qatnaşişiga qarşi çiqqandi. 

«Agar biz Suriyani yaxlit davlat sifatida körmoqçi bölsak, biz mamlakatni bölişni istaydigan guruhlarni qonuniy öyinçilar sifatida körmasligimiz kerak»,— degandi Erdöğan.