Serbiya çempionatining 22-turi doirasida, Belgradning «Partizan» va «Tsrvena Zvezda» jamoalari örtasida keçgan (1:1) derbi uçraşuvi vaqtida ommaviy muştlaşuv kelib çiqdi. Muştlaşuv oqibatida önlab kişilar jarohatlangan. Ular orasida 4 nafar politsiyaçi ham bor.

E'tiborli jihati, janjal ikki raqib jamoa muxlislari örtasida emas, «Partizan» fanatlarining («grobareylar») ikki guruhi örtasida röy bergan. Vaziyatga politsiya aralaşgan, bezorilar hibsga olingan.

Muxlislardan birining bel qismiga piçoq bilan jarohat yetkazilgan, ayni vaqtda u şifoxonada qolmoqda.

Ma'lum qilinişiça, «Marakana» stadionining «Partizan» fan klubi joylaşgan janubiy tribunasi «Alkatras» guruhiga tegişli bölib, şu kuni «Yang boyz» bandasi bu joyni ulardan tortib olişga harakat qilgan. Yakunda mojaro qonli tus olgan. Töqnaşuv vaqtida pirotexnika vositalari qöllangan. Ba'zi bezorilarni tribunadan yalanğoç holda çiqarib yuborişgan. Politsiya vaziyatga aralaşib, isyonçi fanatlarni olib ketgan.