Futbol öyinlariga bölgan e'tiborni oşiriş, qöşimça töqnaşuvlar yaratiş, afişani kuçaytiriş uçun «derbi» tasnifi köp işlatiladi. Hozir ham, derbilarning boşqa oddiy uçraşuvlardan farqi bor – bir hududning ikki jamoasi örtasidagi uçraşuvlar öziga yaraşa ziddiyat bilan ötadi. Milan, Liverpul, Istanbul, Madrid, Rim derbilari, masalan, turnir jadvali yoki jamoalar holatidan qat'i nazar keskin kuraşlarga boy böladi.
Ammo bugungi kunlarda bu nom aksariyat hollarda marketing, futbolni tarğib qiliş, muxlislarni jalb qiliş yölida klublarga, homiylarga qöl kelsa-da, bir paytlar bunday bölmagan. Aksinça, futboldan insonlarni uzoqlaştiriş, sovişga, hattoki qörqişga olib kelgan davrlar ham bölgan.
E'tiboringizni futboldagi eng qonli, ziddiyatli va aşaddiy derbilardan biriga qaratamiz.
Bugungi hikoyamiz «Deliye va Grobari», ya'ni şarqiy Yevropaning ikki klubi – «Tsrvena Zvezda» va «Partizan» fanatlarining özaro qarama-qarşiliklari töğrisida böladi.
Foto: REUTERS
Bryussel. 1966 yil. Butun Yevropa çempionlar kubogi finalida «Real»ga imkoniyatni boy bergan «Partizan» klubi fanatlarining bezoriliklaridan hayratda. Bryussel stadionidagi uloqtirilgan örindiqlar, oynalari çilparçin bölgan magazinlar buyuk nafrat va johillikning oqibati ölaroq soqov guvohga aylangan edi. Ammo xuddi şu holat yarim asrdan beri Belgradda bölib ötadigan dahşat oldida heç narsa emasdi. Har yili ikki marta kuzatilardi şunday holatlar.
1945 yilda, Belgrad ozod etilib Tito rejimi hukm sura boşlagaç, sobiq Yugoslaviya davlati poytaxti Belgradda, keyinçalik Bolqon futbolini tarixida katta örin tutgan ikki klub taşkil etildi. Ozodlik harakatçilari şarafiga «Partizan» nomini olgan klub hukumat jamoasi pozitsiyasida edi. Bu holatni oldinroq, Italiyada Mussolini boşqaruvi paytidagi «Latsi«» yoki kastiliyalik diktator Franko davridagi «Real» ölaroq futbol tarixi körib ulgurgan edi.
Iosif Broz Tito özining partizanlik ötmişiga alohida urğu berdi va «Partizan»ning rahnamosi sifatida gavdalana boşladi, jamoaning xalqaro yurişi esa 1950-yillar oxiriga töğri keldi. Öşanda partizançilar Janubiy Amerikada taşkillaştirilgan xalqaro turnir finalida «Yuventus» ustidan ğalaba qozongan edi.
«Yuventus» prezidenti sinor Anelli «Partizan» jamoasi öyinlaridan şunçalik zavq oldiki, oqibatda u «Yuve»ning oq-qora liboslari komplektini jamoaga sovğa qildi. Öşa paytlarda yugoslav klublari mamlakat bayroğiga urğu berişar va asosan qizil, oq va kök ranglardan foydalanar edi. Kuçli klubning e'tirofini qabul qilgan «Partizan» oq-qora libosni özining an'anaviy libosiga aylantirdi va «Grobari», ya'ni «Tobutçilar» laqabini oldi. Bunday dahşatli nom albatta jamoaning aşaddiy fanatlarini ham xursand qildi, jamoaga tegişli atributkalar, «hayqiriq sözlari» özgartirildi. Fanatlar yangi şior öylab topdilar – «Barça duşmanlarni qabrga kömamiz».
Mavzuga oid
«Partizan»dan farqli ravişda «Tsrvena Zvezda» «xalq jamoasi» maqomini olgandi. Jamoa muxlislari raqibinikidan birmunça köproq, ammo u qadar uyuşmagan edi. Yevropada 1959 yilda paydo bölgan «grobariçilar» 7 yil ötiboq, yuqorida eslab ötganimizdek Bryussel aholisini tahlikaga solgan bölişsa, «Tsrvena Zvezda» muxlislari uzoq yillar soyada qolişdi. 80-yillarga kelibgina, Yugoslaviyada kommunistik rejim yemirila boşlagaç, «Tsrvena Zvezda»ning ikki katta fan-klubi - Red Devils («Qizil iblislar») va Zulu Warriors («Zulu jangçilari») birlaşdi.
Foto: AFP
Yangi guruh «Deliye», ya'ni «Qahramonlar» nomini oldi. Qiziği, «deliye» sözi turkçadan kelib çiqqan, köproq «tentaklar» ma'nosini anglatadi. Şuning uçun ham ularni «duşmanlar» köproq «tsiganlar» deb ataşadi va «Ubiy Tsigu» («Tsiganlarni öldir») banneri grobariçilarda eng maşhurdir.
Aynan 80-yillarda fanatlar örtasidagi kelişmovçiliklar butun Yevropa böylab avj olgandi, turli millat va elatlar yaşaydigan Yugoslaviyada bu holat yanada keskinroq ötganini taxmin qiliş qiyin emas. «Grobari» va «Deliye» örtasidagi ulkan adovat 1989 yilga kelib rasmiy köriniş oldi. Yuridik şaxslar sifatida ruyxatdan ötgan har ikki uyuşma yildan–yilga kuç töplay boşlagan va ularning eng asosiy maqsadi rivojlanişdan köra raqibini yerga uriş edi.
Ikki guruh örtasidagi ilk katta töqnaşuv 1989 yilgi derbida kuzatildi. Öyining sönggi daqiqasida «Tsrvena Zvezda» ğalaba töpini kiritadi va «Deliye» xursandçiligini maydonda nişonlaşni istab qoladi. 250ga yaqin fanatlar qöriqçilar tösiğidan ötib maydonga tuşib ketişadi va «yölda» ular «Partizan» futbolçilariga ham öz nafratlarini izhor qilişga ulgurişadi. Tabiiyki, «Grobari»ning javobi uzoq kuttirmadi, 400dan ortiq fanat maydon içida katta muştlaşuv boşlandi. Oqibat «Tsrvena Zvezda»ning bir muxlisining ölimi, 17 nafar politsiyaçi va 25 nafar öyingoh xizmatçisining tan jarohati bilan yakun topdi. Töqnaşuvlar taşqarida ham davom etdi, har ikki jamoaning uy stadionlari joylaşgan Autokomanda rayoni hozirgina zilziladan çiqqan şaharni eslatardi. Eng açinarlisi, futbolga mutlaqo aloqasi bölmagan aholi ham ofatdan çetda qolmasdi. Eng açinarlisi, öz «birodarlari»ning ölimidan qattiq «qayğuga tuşgan» «Deliye» a'zolari ta'ziya marosimida qasos albatta olinajakligini ta'kidladilar. Qasos keçikmadi, lekin kimdan?
Navbatdagi derbida «Marakana»dan (stadionning «deliyeçilar» ötiradigan janubiy qismi şunday ataladi) «grobariçilar» joylaşgan sektorga qarata raketa otildi va yana bir inson olamdan köz yumdi. Qonga qon, jonga jon!
Özaro janjallardan taşqari har ikki taraf boşqa klublar bilan ham turli töqnaşuvlarda qatnaşib öz tajribalarini oşirib borardilar. Masalan, 1990 yilda «deliyeçilar» Zagrebda töpolon uyuştiradilar. Juda köp musulmonlar yaşaydigan Sarayevoda esa ular tribunada «Sarayevodan Erongaça musulmonlar qabristoni böladi» deb yozilgan katta bannerni kötarib oladilar.
1991 yilda «Tsrvena Zvezda» Yevropa Çempionlar ligasi finaliga çiqadi. Albatta bu «Grobari»ning jahlini çiqarmay qöymasdi, navbatdagi derbida ularning yagona maqsadi öyinni barbod qiliş edi va ular buni uddaladi. Oltmiş ming kişini öz bağriga oladigan stadion qaynab turgan qozonni eslatib yuborardi. Zinalarda ham, yerda ham, hatto bir-birlarining tizzalarida ham ötirişardi, öyingoh kamida sakson ming muxlisni öz bağriga olgandi.
12-daqiqadayoq «grobariçi»lardan bir neçtasi maydonga tuşib keladi va «Tsrvena Zvezda» futbolçilariga hujum qiladilar. Tartibni saqlaş xodimlarining aralaşuvlari ham vaziyatni nazorat qila olmaydi, tanaffusgaça mehmonlar bir neçta tösiqlarni buzişga va politsiyaçilar bilan töqnaşuvlarga ulguradilar. Ikkinçi bölimda, tartibsizliklar avj ola boşlagaç, nihoyat, «Tsrvena Zvezda» fanatlarining ham sabr kosalari töladi. Taxminan olti mingga yaqin «deliye» «Partizan» muxlislari ötirgan sektorga bosqin uyuştiradi va çinakamiga xunrezlik boşlanadi. Töqnaşuv haqiqatdan ham juda qattiq bölgandi, butun tun davomida önlab maşinalar stadion va kasalxonalar örtasida bir neça martalab qatnadilar.
Mamlakatdagi muhit kundan-kunga yomonlaşib borardi, UYeFA özi şundoq ham parçalanib borayotgan mamlakat hududida har qanday futbol musobaqasini ötkazişni taqiqladi, ammo bu qotillarga futbol kerak bölmay qolganiga ança bölgandi. Özaro töqnaşuvlar stadion qolib, endi şaharda davom etar, sabab mavhum, niyat mavhum, maqsad mavhum, ammo safdoş va duşman aniq edi bu uruşda - «Grobari» va «Deliye».
Avval mingga yaqin «grobari»çilar duşmanning asosiy markazlaridan biri «Serbiya» restoraniga hujum uyuştiradilar va qamalga oladilar, qarşi tarafga esa avtobuslarda çetdan yordam kela boşlaydi va magazin yaqinida katta töqnaşuv boşlanadi. Politsiya bu janjalga aralaşmaslikni ma'qul köradi. «Serbiya» restorani butunlay yakson qilinadi, önga yaqin inson hayotdan köz yumadi.
1991 yilning fevralida «Grobari» vakillarining jinoyatini esa futbol tarixi umuman körmagan. Ular «Deliye» firmasi yetakçilaridan birini öğirlab ketadilar va ikki haftaga yaqin vaqt davomida yertölada saqlaydilar. Unga xuddi asirlardek muomala qilinadi, hayvon kabi nomusiga tegadilar va eng oxirida quloğini kesib taşlaydilar.
Yugoslaviyada boşlangan fuqarolar uruşi ham bu qarama-qarşilikka barham bera olmaydi. Ularning eng asosiy maqsadi öz saflarini mustahkam uşlab turiş va kerakli paytda raqibga zarba beriş edi. «Deliyeçilar» özlarini Serb yerini muhofaza qiluvçilar sifatida köradilar va Köngilli Serb Gvardiyasini tuzadilar. Gvardiyaga «Deliye»ning eng asosiy figuralaridan biri, deyarli barça töqnaşuvlarning iştirokçisi Arkan boşçilik qiladi. Gvardiya asosan xorvatlar va musulmonlarni qatl qiliş bilan «şuğullanar», şuningdek eski duşmanlaridan öç olişni unutmas edi. Miş-mişlarga qaraganda uruşdan bir neça kun oldin «deliyeçilar»ning ikki vakili – 11 va 12 yoşli ösmir öldirib ketiladi va tabiiyki, marhum qarindoşlari jinoyatning aybdorlari «Grobari» a'zolari ekanligiga şubha qilmaydilar. Natijada ular mamlakat böylab «grobariçi»larni ta'qib qilişni boşlab yuboradilar. Yetakçi Arkanning ölimi esa guruhga katta muvaffaqiyat olib keladi, marhum salkam serb qahramoniga aylanadi, guruh esa Yevropada maşhur bölib ketadi. 1992 yilga kelib Serbiya öz milliy çempionatiga ega böladi, ya'ni na bosniyaliklar, na xorvatlar endi ularga raqiblik qila olmaydilar. Faqat ikkita duşman qoladi. Öşa «Grobari» va öşa «Deliye».
Serbiya çempionatining ilk derbisi ham fojia bilan tugaydi. Öyin boşidayoq ikki taraf maydonga tuşib keladi va futbolçilar bir çetda qolib özaro ğolibni aniqlaşni boşlab yuboradilar. Bu safar «Grobari» ğalaba qozonadi, orqaga qarab qoçayotgan raqib esa quruq ketmaydi, özlari bilan boşi majağlangan «duşman»ni olib qoçadilar. U oradan 4 soat ötib kasalxonada vafot etadi.
1992 yilning oktyabrida «Grobari» yana ğalaba qozonadi, odatda armatura, piçoq va boşqa qurollar işlatiladigan töqnaşuvda ular granatalarni va közdan yoş çiqaradigan gazni ham işga soladilar.
Ança zaiflaşganliklarini sezgan «deliyeçilar» yon berişni istaşmasdi, 1994 yilda «Deliye» firmasi qaytadan taşkil qilinadi, guruhga esa Arkanning bevasi, nafrat nimaligini va uni kimga qarşi işlatişni yaxşi biladigan Tsetsa boşçilik qiladi. Futbol allaqaçon unutilgandi. Keyingi öyinlarning birida «deliyeçilar» butun maydonni bosib ötib raqib sektoriga hujum uyuştiradilar, natijada 3 nafar «duşman» vafot etadi. Agar politsiya öz vaqtida aralaşmaganda qurbonlar soni bir neça barobar köp bölişi aniq edi.
Yil ötgan sayin mamlakatdagi holat iziga tuşa boşladi va tabiiyki, bu kabi tartibsizliklarga qattiqroq çora körila boşlandi. Jumladan, Serbiya Sport vaziri Slobodan Vuksanoviç prokuratura va tartibni saqlaş xodimlari bilan ötkazilgan kengaşda politsiya şu davrgaça stadionlardagi bezoriliklarga mas'uliyatsiz qaraganligini ta'kidlab ötdi va quyidagi bayonot bilan çiqadi: «Tribunadagi birgina örindiqni sindirgan har qanday muxlis ikki oylik muddatga qamoqqa olinadi, jiddiyroq tarzdagi harakatlar uçun esa olti oydan beş yilgaça ozodlikdan mahrum etiş jazosini tavsiya qilaman».
Hozirgi kunga kelib Belgradning bu ikki katta taşkilotlari örtasidagi töqnaşuv biroz yumşagan. Har holda bir neça yildan beri heç kim vafot etgani yöq. Eng sönggi qurbon 2001 yilda, qayta qurilgan «Serbiya» restoranida piçoqlangan Falke ismli «grobariçi» edi.
Ammo bu holat heç kimga xotirjamlik taqdim eta olmaydi, örtadagi samimiyat yasama ekanligini payqab oliş u qadar katta qiyinçilik tuğdirmaydi. Har ikki taraf qonga tölgan Autokomanda köçalarini ham, tribunadagi jasadlar hamni ham, yiğidan közlarida yoş qotib ketgan Tsetsa kabi bevalarni ham juda yaxşi eslaydi.
Futbol ehtiroslarni boşqaradigan, bir muddat inson kayfiyati ustidan hukmronlik qila oladigan kuçga ega. Ammo u insondan kuçli emas, uni boşqara olmaydi. Piçoqda meva yoki odamning quloğini kesiş tanlovi ham avvalo insonning özida. Qaçonki, inson doimo hayotda öz ğoyasi va uluğ insoniylik mafkurasi bilan yaşasagina ötkinçi kayfiyat va maqsad asiriga aylanmaydi, vaziyatning quli bölgan manqurt kabi hayot keçirmaydi. Haqiqiy futboldan zavq oladi, uni olamni va insonlar örtasidagi munosabatlarni yanada gözal va samimiy qila oladigan qurolga aylantira oladi.
Xulosa özingizdan. Ogoh bölaylik. Qahramon Aslanov
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi