Birlaşgan Arab Amirliklarida klublar örtasidagi jahon çempionati davom etmoqda.
Musobaqaning ikkinçi yarimfinalida Madridning «Real» klubi mahalliy «Al-Jazira» klubi bilan bellaşdi.
Qirollik klubi birinçi va ikkinçi bölimda juda katta taşabbusga ega böldi. Biroq, hisob arab jamoasi tomonidan oçildi. 41-daqiqada Romarino himoyaçilarning xatosidan unumli foydalanib, raqibni jazoladi.
Ikkinçi bölimda, «Real» tezlikni biroz oşirib, ikkita gol urişga muvaffaq böldi va sensatsiyaga yöl qöymadi. Töplar Ronaldu va Beyl hisobiga yozildi.
Hamyurtimiz Sardor Raşidov bu safar ham «Al-Jazira» zaxirasida qoldirildi.
Endi «Real» 16 dekabr kuni finalda Braziliyaning «Gremio» klubiga qarşi maydonga tuşadi.
KJÇ-2017. Yarimfinal
Al-Jazira (BAA) – Real (Madrid, Ispaniya) - 1:2
13 dekabr, «Sheikh Zayed Sports City»
Gollar: 1:0 – 41 Romarino, 1:1 – 53 Ronaldu, 1:2 – 81 Beyl.
Al-Jazira – Xasif (Saif, 51), Faris Juma, Ayyed, Umar, Al-Xammadi (Al-Utayba, 60), Yusuf (Al-Ğiloniy, 72), Raşid, Bussufa, Fayyez, Mabxut, Romarino.
Real Madrid – Navas, Varan, Marselo, Xakimi, Naço, Modriç, Kazemiro, Isko (Asensio, 68), Kovaçiç (Vaskes, 68), Ronaldu, Benzema (Beyl, 81).
Ogohlantiriş: Ayyed (68).
KJÇ-2017 taqvimi
Yarimfinallar
12 dekabr. Gremio (Braziliya) - Paçuka (Meksika) - 1:0
13 dekabr. Al-Jazira (BAA) - Real Madrid (Ispaniya) - 1:2
3-örin uçun bahs
16 dekabr, 19:00. Paçuka (Meksika) - Al-Jazira (BAA)
Final
16 dekabr, 22:00. Gremio (Braziliya) - Real Madrid (Ispaniya)
Öyinlarning boşlanişi Toşkent vaqti bilan körsatilgan.












