Kuni keça Xitoyning Weibo ijtimoiy tarmoğida ğaroyib video tarqaldi. Undagi voqealar aqlingizni şoşirib qöyadi. Ajoyib yam-yaşil manzarali fonda kutilmaganda erkak kişi paydo böladi. Uning qölida közga körinmas yopinçiqqa öxşaş material! U özini material bilan tösib, közdan ğoyib böladi, uni yiğganda esa, yana paydo böladi.
Erkakning sözlariga köra, bu "şaffof materialdan tayyorlangan kvant mato bölib, u inson atrofidagi yoruğlik tölqinini aks ettira oladi".
Uşbu video internetda katta muhokamalarga sabab bölmoqda. Mö'jizaviy mato haqidagi axborot Xitoyning barça yangiliklar kanallarida aylanmoqda. Şuningdek, Jamoatçilik xavfsizligi vazirligida ham unga qiziqib qolişdi, ularning fikriça, bunday yopinçiq razvedkada foyda berişi mumkin.
Bu ilm-fan mö'jizasimi yoki şunçaki feyk video - hozirça bu savolga aniq javob yöq.











