“Simpsonlar”da Disney va Fox studiyalarining birlashishi 20 yil avval “bashorat qilingan”

Foto: Twitter/ Darren Rovell?
AQShning “Simpsonlar” animatsion serialida Gollivudning ikkita yirik kinokompaniyasi – 20th Century Fox (hozirgi 21st Century Fox) va The Walt Disney Company’ning birlashishi 20 yil avval bashorat qilingani ma'lum bo‘ldi. Buning isbotini jurnalist Darren Rovell tvitterda joylashtirdi.
2017 yil 14 dekabrda bu ikki kinostudiya o‘rtasida haqiqatan ham bitim tuzildi. Unga ko‘ra Disney kompaniyasi 21st Century Fox’ni 52,4 mlrd dollarga sotib oldi.
Jurnalist o‘z xabarida multserial 10-mavsumining 5-seriyasini nazarda tutgan. Bu seriya “Sen yulduzlardan yuqoriroq bo‘lishni istaganingda” deb atalgan bo‘lib, 1998 yil noyabrda namoyish qilingan.
Disney announces it has reached a deal to acquire 21st Century Fox, as predicted by a Simpsons episode that first aired on November 8, 1998. pic.twitter.com/kzloJQHeM8
— Darren Rovell (@darrenrovell) December 14, 2017
Multfilmda uning bosh qahramoni Gomerning aktyorlar Alek Bolduin va Kim Beysinger bilan uchrashuvi voqeasi so‘zlanadi. Multfilmdagi epizodlardan birida 20th Century Fox kinostudiyasining reklamasi ko‘rsatiladi. Kinostudiya reklamada Walt Disney’ning bir bo‘linmasi sifatida tasvirlanadi.
Umuman olganda, bu multserialda shunday “bashoratlar”ni ko‘plab uchratish mumkin. Misol uchun, uning bir necha yil avvalgi qismida bir yil avvalgina AQSh prezidenti lavozimini egallagan Donald Tramp prezident sifatida ko‘rsatilgan. Yana bir shunday bashorat “Pokemon” o‘yini bilan bog‘liq.
Tavsiya etamiz
Modrich «Real»ni tark etadi
Sport | 20:38 / 22.05.2025
Suriya Isroil bilan murosa qiladimi?
Jahon | 15:40 / 22.05.2025
Sun’iy intellekt dunyodagi har to‘rtinchi ish o‘rniga ta’sir ko‘rsatmoqda - BMT
Jahon | 21:49 / 21.05.2025
Hindistonda firibgar kelin yetti oyda 25 nafar kuyovni aldadi
Jahon | 21:32 / 21.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Bola ko‘ziga telefon zararini kamaytirish uchun nima qilish kerak? – oftalmolog javob berdi
O‘zbekiston | 16:22
-
AQSh Moliya vazirligi Suriyaga qarshi sanksiyalar yumshatilganini e’lon qildi
Jahon | 16:19
-
82 milliard so‘mlik QQS tadbirkorlarga noqonuniy qaytarilgani aniqlandi – DXX
O‘zbekiston | 16:08
-
O‘zbekiston Shusha deklaratsiyasiga qo‘shilgani haqidagi xabarlar rad etildi
O‘zbekiston | 15:49
Mavzuga oid

21:05 / 02.12.2021
Walt Disney kinokompaniyasiga ilk bor ayol kishi rahbar etib tayinlandi

15:17 / 26.11.2020
Walt Disney kompaniyasi 32 ming xodimini ishdan bo‘shatadi

07:40 / 26.02.2020
Walt Disney’ga yangi bosh direktor tayinlandi

21:30 / 17.12.2019