- Vladimirning uyiga kuzatuv kameralari örnatilmaganmi? – deb qoldi dab-durustdan Şuhrat. Dasturxon atrofida ötirgan ayollar uning bu savolidan taajjubga tuşişdi. Vladimir Txakning (ism-familiyalar özgartirilgan) xonadonida 10 yildan buyon işlab kelayotgan Rahima Hikmatova Şuhratning qandaydir qinğirlikni rejalaştirayotganini sezganday huşyor tortib, uni şaştidan qaytariş maqsadida kamera örnatilgan bölişi mumkinligini ta'kidladi, deb yozadi “Huquq” gazetasi.
- Vladimir ehtiyotkor odam. Kuzatuv kameralarini örnatgan bölsa kerak.
Şundan söng Şuhrat boşqa savol bermadi. Biroq, öziga rejalar tuzayotgan edi.
Darhaqiqat, hammasi mudhiş voqeadan bir kun avval uyidagi yollanma işçilarning tuşlik paytidagi suhbatidan boşlangan edi. Bu xonadondagi ta'mirlaş va boşqa yumuşlarni bajarib yuradigan Şuhratning tuşlik vaqtida qöqqisdan örtaga taşlagan savoli şunçaki xayolga kelib qolgan gap emasdi. Beş oydan buyon şu xonadonda yollanma işçi bölib işlab kelayotgan Ş.Murodovning fikri-zikrini öz xöjayinini ömariş band etgandi. Öz-özidan savol tuğiladi. Nega u şunça vaqtdan buyon unga işonç bildirib, mehnatini munosib taqdirlab kelayotgan xonadonga musibat istab qoldi?
Şuhratning tarjimai holini varaqlasangiz, uning 17 yoşdayoq sudning qora kursisiga ötirganiga guvoh bölasiz. Bu yoşda adaşgan bölişi mumkin, deyişga şoşilmang. Çunki, u qilmişlaridan töğri xulosa çiqarmay, yana ikki marotaba sudlangan.
Öşa kuni keçgaça V.Txakning uyida öziga topşirilgan yumuşlarni bajarib, xonadon sohibidan xizmat haqini olib uyiga qaytgan Şuhrat tuni bilan rejalar tuzadi. Ertasiga manzil tomon otlanar ekan, dadil böliş uçun yöl-yölakay jiğildoniga 200 gramm aroq quyib oladi. Soat taxminan sakkizdan ön daqiqalar ötganda V.Txakning uyiga yetib keladi. Uni qarşi olgan xonadon sohibi mast holatdagi işçini koyigan böladi. Söng uyiga kiritib, işni boşlaşni buyuradi. Ikkovlon issiqxonadagi ta'mirlaş işlariga kirişişadi. Şuhratning qöli işda bölgani bilan xayoli rejasini amalga oşirişda edi. U ikki soatlarça issiqxonada öralaşib yurib, xonadonda Vladimir va uning turmuş örtoği Yuliya Xvandan boşqa kimsa yöqligini tekşirib oladi.
Könglida rejani amalga oşiriş fursati yetganini taxmin qilgaç, issiqxonada foydalanib kelgan oşxona piçoğini qöliga oladi. Bu paytda Vladimir ösimliklarni begona ötlardan tozalaş bilan band bölib, orqa tarafdan qotili yaqinlaşayotganini xayoliga ham keltirmaydi. Kutilmaganda biqinida qattiq oğriq sezadi. Ögirilib qarasa, tepasida Şuhrat vajohat bilan turibdi. Qotil unga taşlanib, bir neça marotaba piçoq bilan uradi. Xonadon sohibi jonini asraş maqsadida baqirganiça, qöşnilarni yordamga çaqirib, darvoza tomon qoçadi. Ammo Şuhrat darvoza oldida uni tutib olib, döpposlaş barobarida duç kelgan joyiga piçoq uraveradi. Natijada V.Txakning joni şu joyning özida uziladi.







