AQŞning “Simpsonlar” animatsion serialida Gollivudning ikkita yirik kinokompaniyasi – 20th Century Fox (hozirgi 21st Century Fox) va The Walt Disney Company’ning birlaşişi 20 yil avval başorat qilingani ma'lum böldi. Buning isbotini jurnalist Darren Rovell tvitterda joylaştirdi.
2017 yil 14 dekabrda bu ikki kinostudiya örtasida haqiqatan ham bitim tuzildi. Unga köra Disney kompaniyasi 21st Century Fox’ni 52,4 mlrd dollarga sotib oldi.
Jurnalist öz xabarida multserial 10-mavsumining 5-seriyasini nazarda tutgan. Bu seriya “Sen yulduzlardan yuqoriroq bölişni istaganingda” deb atalgan bölib, 1998 yil noyabrda namoyiş qilingan.
Disney announces it has reached a deal to acquire 21st Century Fox, as predicted by a Simpsons episode that first aired on November 8, 1998. pic.twitter.com/kzloJQHeM8
— Darren Rovell (@darrenrovell) December 14, 2017
Multfilmda uning boş qahramoni Gomerning aktyorlar Alek Bolduin va Kim Beysinger bilan uçraşuvi voqeasi sözlanadi. Multfilmdagi epizodlardan birida 20th Century Fox kinostudiyasining reklamasi körsatiladi. Kinostudiya reklamada Walt Disney’ning bir bölinmasi sifatida tasvirlanadi.
Umuman olganda, bu multserialda şunday “başoratlar”ni köplab uçratiş mumkin. Misol uçun, uning bir neça yil avvalgi qismida bir yil avvalgina AQŞ prezidenti lavozimini egallagan Donald Tramp prezident sifatida körsatilgan. Yana bir şunday başorat “Pokemon” öyini bilan boğliq.












