Özbekistonda diniy ta'lim tizimi özining qadim va ölmas an'analariga ega. Örta asrlardayoq Buxoro özining madrasalari va ulamolari bilan şuhrat qozonib, haqli ravişda “Islom olamining quvvati” unvoniga sazovor bölgan. Samarqand va Buxoroda Mirzo Uluğbek qurdirgan madrasalar örta asrlarning universitetlari vazifasini bajargan. Ayni vaqtda ajdodlarimizning diniy-ma'rifiy merosini yanada teran örganiş va tahlil qiliş, ularning ilmiy an'analarini munosib davom ettiriş bugungi avlod oldida turgan dolzarb vazifalardan sanaladi.
Şuningdek, şiddat bilan özgarib borayotgan globallaşuv davrida dunyoda muqaddas islom dini ahkomlarini notöğri talqin qiliş, ularni soxtalaştiriş yöli bilan turli fitna va buzğunçiliklar sodir etiş holatlari kuzatilayotgani heç kimga sir emas. Bunday murakkab vaziyat dinimizning sofligini saqlaş, uning tinçlik va insonparvarlikdan iborat asl mohiyatini aholi va, ayniqsa, yoşlarga yetkazişga qodir, yuqori darajada ilmiy va diniy salohiyatga ega mutaxassislarni tayyorlaşni taqozo qilmoqda.
Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning 2017 yilning 1 sentabrida Toşkent şahridagi Hazrati Imom majmuasida davlat, jamoat va yoşlar taşkilotlari, diniy soha vakillari bilan uçraşuvida diniy ta'lim tizimini tahliliy örganib çiqiş va zamon talablari asosida takomillaştiriş, yuqori ilmiy tayyorgarlikka ega mutaxassislarni tayyorlaşni yölga qöyiş maqsadida Özbekiston Islom akademiyasini tuziş böyiça vazifalar belgilab berilgan edi.
Buyuk mutafakkir ajdodlarimiz asos solgan ilmiy maktablar va yönalişlar davomiyligini ta'minlaş, oliy va örta maxsus diniy ta'lim öquv yurtlari, ilmiy tadqiqotlar markazlarini yuqori ilmiy saviya va malakaga ega mutaxassislar bilan ta'minlaş maqsadida Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Özbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi, Özbekiston musulmonlari idorasi va Imom Buxoriy nomidagi Toşkent islom instituti taklifiga asosan Özbekiston Islom akademiyasi taşkil etilmoqda, deb xabar beradi ÖzA.
Mamlakatimizdagi amaldagi qonunçilik va dunyoviy mamlakatlar qonunçiligini e'tiborga olgan holda tuzilayotgan mazkur akademiya nodavlat oliy diniy ta'lim muassasasi maqomida faoliyat olib boradi.
Akademiya huzurida magistrlik va doktorlik dissertatsiyalarini himoya qiliş, islomşunoslik fanlari magistri, falsafa doktori va islomşunoslik fanlari doktori ilmiy darajalarini beriş böyiça Ixtisoslaşgan ilmiy kengaş faoliyati yölga qöyiladi.











