Özbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Nuriddin Xoliqnazarov oxirgi vaqtlarda oiladagi ajrimlarning 50 foizidan köpiga qaynona-kelin munosabatlari sabab bölayotgani va bu muammoni qanday hal qiliş mumkinligi böyiça musulmon oilalarga murojaat qildi.

«Avvalo qaynona va kelin kimligini bilib oliş kerak»

— Agar oila islohli, tinç-totuv, saodatli bölsa, ularning birlaşişi natijasida katta bir saodatli, baxtli, islohli jamiyat barpo böladi. Şuning uçun oilaga katta e’tibor qaratiladi. Payğambarimiz s.a.v.ning «Sizlarning hammalaringiz roiysizlar. Ya’ni boşqaruvçisizlar va mana şu boşqaruv uçun söralasizlar», degan hadislari bor.

Oila rahbari erkak kişi, ota u özi uçun javob beradi. Ona bolaning tarbiyaçisi va u ham özi uçun javob beradi. Ya’ni hammamiz bir kun Allohning huzurida mana şu roiyligimiz uçun javob beramiz.

Keyingi paytlarda oldin heç eşitmagan, röy bermagan voqealardan xabardor bölyapmiz. Oiladagi muammolar oxirgi paytlarda kelin va qaynona örtasida bölayotgani hammamizni taşvişga solyapti. Qaynona kim, kelin kim? Aslida şu savolga javob topiş kerak. Qaynona bu kelinning jufti haloli bölgan erining onasi. Ya’ni kelinning ham onasi. Çunki nikoh boğlanişi bilan, qaynona va qaynota kelin uçun göyoki ota-ona örniga ötadi. Kelin esa qaynona uçun ehtiyot qilib, parvariş qilib, közining qoraçiğidek asrab-avaylagan farzandining jufti haloli, uyiga baxt-saodat olib kelgan nabiralarining onasi hisoblanadi. Har ikkisi ham bir-biriga islom odobida, qadimdan kelgan urf-odatlarimizga rioya qilib muomala qilganida edi, qaynona kelin muammolari çiqmagan bölar edi.

“Ajrimlarning yarmiga qaynona va kelin munosabatlari sabab bölyapti”

— Avvalgi davrlarga qarasak, qaynonalar kelinlariga onadek, kelinlar qaynonalari uçun xuddi özining onasidek mehr körsatgan. Aslida islom tarbiyasi ham mana şu. Çunki Payğambarimiz s.a.v. “Kattalarni hurmat qilmagan va kiçiklarimizga rahm qilmagan inson bizdan emasdir, ya’ni bizning ummat safidan emasdir”, dedilar. Mana şu hadisning öziyoq qaynona va kelin munosabatini isloh qilişi, qaynona keliniga rahm qilişi unga mehr körsatişi kerakligini bildiradi.

Bizda keyingi paytlarda kelin olişda qaynona tomonidan nuqsonlar çiqyapti. Har çorşanba kuni oilalarni qabul qilamiz. Çunki şu kunni fuqarolarni qabul qiladigan kun deb e’lon qilganmiz. Bizga oilaviy mojarolar bilan juda köp arizalar jönatişgan. Ularning mojarosini örganganimizda, ajrimlarning deyarli 50 foizdan köpiga qaynona va kelin munosabatlari sabab bölyapti. Ya’ni qaynona va kelinning ixtilofi orqali oila buzilyapti.