Rossiyaning "Zenit" jamoasi voleybolçilari klublar örtasidagi jahon çempionati finalida Italiyaning "Çivitanova"sini 3-0 hisobida mağlubiyatga uçratişdi. Musobaqa Polşada bölib ötdi.
Uçinçi örin uçun uçraşuvda Braziliyaning "Kruzeyro"si Polşaning "Skra" klubidan ustun (3-0) keldi.
Leon va Yoandri Leal ("Kruzeyro") ikkinçi tempdagi eng yaxşi hujumçi deb, Samoylenko ("Zenit") hamda Simon Robertlandi ("Kruzeyro") eng yaxşi bloklovçi, Butko ("Zenit") eng yaxşi uzatuvçi deb topildi. Eng qimmatbaho öyinçi deb esa Osmani Xuantorena ("Çivitanova") tan olindi.
Qozonning "Zenit"i bu musobaqada ğalaba qozonişning uddasidan çiqqan Rossiyaning ikkinçi klubiga aylandi, bundan avval 2014 yilda "Belogore" çempion bölgandi.
Klublar içida erkaklar jamoalari örtasidagi birinçi jahon çempionati ilk bor 1989 yilda bölib ötgan. Italiyaning "Trentino"si eng köp ğalaba qozongan – 4 marta, "Kruzeyro" uç marotaba birinçi örinni egallagan.












