Farğona viloyatida huquqni muhofaza qiluvçi idoralar tomonidan ötkazilayotgan tezkor profilaktik tadbirlar davomida bir qator firibgarlik holatlari foş etildi.
ÖzA'ning yozişiça, Rişton tumanidagi “Mirişkor quruvçi” mas'uliyati çeklangan jamiyati rahbari A.Abduqodirov Böjay qişloğida yaşovçi B.N.ning işonçiga kirib, namunali loyihalar asosida qurilayotgan uylardan birini olib berişni va'da qiladi. Ana şu “xizmati” evaziga 600 AQŞ dollarini olayotgan paytda uşlandi.
Quvasoy şahar prokuraturasiga fuqaro B.Usmonov ariza bilan murojaat qilib, firibgarning tuzoğiga tuşib qolganini bildiradi. Ma'lum bölişiça, quvasoylik A.Hasanov 2015 yilda unga uy olib beraman deb, 52 million 160 ming söm pulni olgan va şu kunga qadar qaytarib bermasdan, aldab kelgan.
Farğona şahrida yaşovçi V.Yegorov ham Ş.A.ni çuv tuşirdi. Unga “Matiz” avtomaşinasi olib berişni va'da qilib, 1 ming 200 AQŞ dollarini olgan. Lekin, şu kunga qadar na pulni qaytargan, na maşinaning "qora"sini körsatgan.
Mazkur holatlar böyiça tergov-suriştiruv işlari olib borilmoqda.












