Saudiya Arabistoni boşçiligidagi xalqaro koalitsiya yamanlik husiylar tomondan otilgan ballistik raketa urib tuşirilganini ma'lum qildi. Bu haqda Sky News Arabia telekanali xabar berdi.

“Raketa kuçlari Ar-Riyoddagi Yamam saroyiga Burkan ballistik raketasi otilganini ma'lum qildi”, deb yozgan öz navbatida “Ansor Alloh” isyonçi harakati vakili tvitterda.

Reuters axborot agentligi avvalroq guvohlarga iqtibos keltirgan holda, Ar-Riyodda gumbirlaş ovozlari eşitilgani va qora tutun köringanini ma'lum qilgan.

Saudiya Arabistoni raketalar hujumiga qarşi mudofaa tizimlari noyabr boşi va oxirida Yamandan otilgan ikkita ballistik raketani urib tuşirgandi. Birinçi raketa 4 noyabrda Ar-Riyoddagi xalqaro aeroport yaqinida, ikkinçisi 30 noyabrda mamlakat janubidagi Hamis-Muşayt şahri yaqinida urib tuşirilgan.