Leyptsigdagi Maks Plank nomidagi kognitiv va miya fanlari instituti olimlari va Gettingen universiteti tibbiyot markazi ilmiy xodimlari nutqdagi nuqsonlarni miyaning ikkala yarimşaridagi ba'zi retseptorlarning sinxron işlamasligi keltirib çiqarişini aniqladilar. Olimlarning aytişiça, nutqida nuqson bilan tuğilgan odamlarning miya yarimşarlaridan biri ikkinçisiga nisbatan faolroq işlaydi va bu bilan nutq şakllanişini qiyinlaştiradi va duduqlanişni keltirib çiqaradi. 

Foto: MPI CBS

Duduqlanişga ega odamlar miyasi tuzilişi va faolligining örganilişi ularda öng miya yarimşari asab tolalari tarkibi böyiça çap yarimşarnikidan jiddiy farqlanişini körsatgan. Olimlarning fikriça, miyaning ba'zi qismlarining, misol uçun nutqni şakllantiradigan va rejalaştiradigan çap pastki peşona miya egriligi va çap yarimşar motorik pöstloği giperfaolligi nutqdagi nuqsonlarni keltirib çiqarişi mumkin.