Rossiya prezidenti Vladimir Putin MDH davlatlari xavfsizlik idoralari va maxsus xizmatlari rahbarlari bilan uçraşdi. Bu haqda Kreml matbuot xizmati ma'lum qildi.

Foto:kremlin.ru

Uçraşuvda Özbekiston Milliy xavfsizlik xizmati raisi Rustam Inoyatov ham iştirok etdi.

“Aytişni istardimki, xavfsizlik idoralari hamişa, şu jumladan xalqlarimiz uçun murakkab vaqtlarda ham juda muhim davlat vazifasi – mamlakat manfaatlarini va uning fuqarolarini taşqi tajovuzlar, turli xil suiste'molliklar, terrorçilik, uyuşgan jinoyatçilikdan himoya qilgan va jiddiy yöqotişlarga uçragan”, deb aytdi Putin uçraşuv boşida.

Uçraşuv davomida Putin MDH davlatlari Suriyada IŞID jangarilari yakson qilingandan keyin qolgan boşqa terrorçilar qayerga qaytişi va qoçişiga befarq emasligini ta'kidlab ötdi.

Foto:kremlin.ru

“Terrorçilikka kelsak, bu yerda sizga heç narsa aytiş şartmas, siz hammasini özingiz ham yaxşi bilasiz. Bu yönalişlar böyiça aynan sizlardan zarur ma'lumotlarni olamiz. Biz uçun bu borada nima yuz berayotganini kuzatiş juda muhimdir. Dunyoda vaziyat juda keskinlaşib ketdi va sizga ma'lum bölgandek, Rossiya qurolli kuçlarining Suriyadagi samarali harakatlaridan keyin bu terrorçilar qayerga qaytişi va qoçişiga biz befarqmasmiz. Biz bu gazandalar qayerga köçib ötayotganini tuşunamiz va bu “köçib ötişlar” davlatlarimiz va xalqlarimiz uçun qanday xavf tuğdirişini bilamiz. Şuning uçun bu borada hamkorlik qilişimiz muhimdir”, deb öz sözlarini davom ettirgan Putin.

“Biz doimo töqnaş keladigan uyuşgan jinoyatçilik, noqonuniy migratsiya va boşqa muammolarga kelsak, bu ham sizning javobgarligingiz doirasiga kiradi. Iş murakkab, oğir, afsuski, yöqotişlarsiz emas. Biroq buning barçasi bejizga qilinmaydi, buning barçasi davlatlarimizni içidan va umuman, birdamligimizni mustahkamlaydi”, deb aytgan Putin. 

Rossiya prezidenti maxsus xizmatlar rahbarlariga hamkorlik va taqdim qilinayotgan ma'lumotlar uçun minnatdorlik bildirdi. 

“Biz ham sizlarni öz vaqtida xabardor qiliş uçun barça işni amalga oşiramiz. Va siz bilan birga, şu paytgaça bölgandek, davlatlarimiz va odamlarimiz xavfsizligini ta'minlaş uçun barça zaruriy tadbirlarni amalga oşiramiz”, deb ta'kidlab ötgan Putin.