Xitoy şarqidagi Xebey viloyatida, 24 dekabr kuni, dunyodagi eng uzun şişa köprik işga tuşiriladi, deb xabar bermoqda China Daily naşri.
Uning uzunligi 488 metrni, eni esa 2 metrni taşkil qiladi va Xun'yagu tumanidagi ikkita toğ çöqqisini bir-biriga boğlaydi.
Köprik vodiy uzra 218 metr balandlikka barpo qilingan bölib, qalinligi 4 sm bölgan 1077ta şişa panellardan iboratdir. Uning umumiy oğirligi 70 tonnani taşkil qiladi.
Inşoot konstruksiyasi taxminan 2 ming odamning oğirligini kötarişga moslaşgan, biroq, operator-kompaniya vakili gapiga köra, bir vaqtning özida, köpi bilan 500 nafar odamga köprikka çiqişga ruxsat beriladi.
Avvalroq, dunyodagi eng uzun şişa köprik maqomi Çjantszyatsze milliy boğida joylaşgan inşootga tegişli edi. Uning uzunligi 430 metr, eni esa 6 metr bölib, 300 metr balandlikdagi ikkita toğni bir-biriga boğlab turadi.
Köprikning oçiliş marosimi haqiqiy şou tarzida ötkazilgan - undan 2 tonnalik yuk avtomobili ötgan, şişa polni esa temir bolğa bilan urib sindirişga harakat qilişgan.
Çjantszyatsze milliy parki özining çiroyli manzaralari bilan maşhurdir. Hatto «Avatar» (Avatar, 2009) filmi ijodkorlari ham, uçar qoyalar obrazi aynan şu qöriqxonadan olinganini aytişgan. Natijada, eng çiroyli joylardan birining nomi «Avatar, Alliluyya!» deb özgartirilgan.
1992 yili YuNeSKO parkni dunyo madaniyat merosi obekti deb tan olgan.












