Prezidentning Parlamentga murojaatnomasi. Asosiy jihatlar
|01:30 / 23.12.201745 38824 min
Bugun, 22 dekabr kuni Toşkentdagi Simpoziumlar saroyida Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qöşma yiğilişi bölib ötdi.
Unda Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev, Oliy Majlis va hukumat a'zolari, mamlakatimizda akkreditatsiyadan ötgan diplomatik korpus vakillari, milliy va xorijiy ommaviy axborot vositalari xodimlari, şuningdek, videokonferensiya aloqa tizimi orqali tuman, şahar va viloyatlardagi mahalliy kengaşlarga saylangan xalq noiblari hamda barça böğindagi ijro hokimiyati va xöjalik boşqaruvi organlari rahbarlari, nodavlat taşkilotlar va jamoatçilik vakillari, Özbekistonning 33 mamlakatdagi diplomatlari iştirok etdi.
Yiğilişda Özbekiston tarixida ilk marotaba Prezidentning parlamentga 2017 yilda amalga oşirilgan asosiy işlar yakuni va Özbekiston Respublikasini 2018 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirişning eng ustuvor yönalişlariga bağişlangan Murojaatnomasi taqdim etildi.
«Davlat rahbari ta'kidlaganidek, köplab taraqqiy topgan mamlakatlarda davlat rahbarining milliy parlament a'zolari huzurida eng asosiy va dolzarb siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy masalalar va jamiyatni demokratik rivojlantiriş böyiça Murojaatnoma bilan çiqiş tajribasi mavjud.
Davlat boşqaruvining bunday demokratik usuli, bugun Özbekistonda olib borilayotgan keng kölamli islohotlar, avvalambor, xalq bilan muloqot prinsipiga ğoyat uyğun va hamohang bölib, har birimizning iş faoliyatimiz samaradorligini yanada oşirişga xizmat qiladi.
Ta'kidlaş joizki, mamlakatimizda olib borilayotgan keng kölamli islohotlarning dastlabki natijalari aholining hayoti va kundalik turmuşida özining yaqqol ifodasini topmoqda, odamlarning ijtimoiy faolligi, ertangi kunga işonçi ösib bormoqda», deyiladi prezident matbuot xizmati xabarida.
Prezident matbuot xizmati murojaatnomadagi asosiy jihatlarni keltirgan.
2017 yilda iqtisodiyot sohasida zamon talablariga javob beradigan, yangiça ma'no-mazmundagi va samarali islohotlarni amalga oşiriş yölida birinçi qadamlar qöyildi. Jumladan, qisqa muddatda 161 ta yirik sanoat obekti işga tuşirildi. Bu kelasi yil qöşimça 1,5 trillion sömlik mahsulot işlab çiqariş imkonini beradi.
Milliy valyutaning erkin konvertatsiyasi yölga qöyildi. 336 mingdan ziyod yangi iş örinlari taşkil etildi.
Mavzuga oid
Ijtimoiy sohani isloh qiliş böyiça qabul qilingan dasturlar ijrosi ham bosqiçma-bosqiç ta'minlanmoqda. Joriy yilda imtiyozli ipoteka kreditlari asosida arzon uy-joylar quriş loyihasi amalga oşirila boşladi. Şahar va qişloqlarimizda jami 3,5 million kvadrat metrdan ziyod namunaviy uylar va köp qavatli uy-joylar barpo etildi.
12 ta umumta'lim maktabi yangidan barpo etildi, 320 tasi rekonstruksiya qilindi, 152 ta maktab kapital ta'mirlandi. 107 ta maktabgaça ta'lim muassasasi rekonstruksiya qilindi va qurildi, 195 ta boğça kapital ta'mirlandi. Maktabgaça ta'lim tizimining jamiyatimiz hayotidagi katta örni va ahamiyatini e'tiborga olib, Maktabgaça ta'lim vazirligi taşkil etildi. 11 yillik ta'lim qayta tiklandi.
Yangi taşkil etilgan institut va filiallar hisobidan yurtimizdagi oliy ta'lim muassasalari soni 81 taga, hududlardagi filiallar 15 taga, xorijiy universitetlar filiallari 7 taga yetdi. Oliy ta'lim muassasalarida iqtisodiyotning real sektoridagi talab va ehtiyojdan kelib çiqib, sirtqi va keçki bölimlar oçildi.
Özbekiston Fanlar akademiyasi tizimi takomillaştirildi, moddiy-texnik bazasi mustahkamlandi, uning tarkibida bir qator ilmiy-tadqiqot institutlari va markazlar faoliyati tiklandi.
Ijodiy uyuşmalarning ijtimoiy hayotimizdagi örni va nufuzini oşiriş, moddiy-texnik bazasini mustahkamlaş maqsadida Özbekiston ijodkorlarini qöllab-quvvatlaş «Ilhom» jamoat fondi, şuningdek, madaniyat va san'at muassasalari hamda yirik kompaniya va banklar hamkorligida «Döstlar klublari» taşkil etildi.
2017 yil jismoniy tarbiya va sport sohasi böyiça ham katta işlar qilindi. Yakuniga yetib borayotgan yilda özbekistonlik sportçilar boks, dzyudo, taekvando, oğir atletika, erkin kuraş, sambo böyiça ötkazilgan turli xalqaro musobaqalarda salmoqli yutuqlarga erişdilar. 2017 yil ayniqsa özbek milliy kuraşi tarixida yorqin sahifa böldi. Sentyabr oyida Turkmanistonda bölib ötgan Osiyo olimpiya kengaşi boş assambleyasi yiğilişida uşbu milliy sport turini Osiyo öyinlari dasturiga kiritiş haqida qaror qabul qilindi.
Ötgan davr mobaynida taşqi siyosat sohasida xorijiy davlatlar, birinçi navbatda, qöşni mamlakatlar bilan döstona va özaro manfaatli munosabatlarni rivojlantiriş borasida sezilarli natijalarga erişildi. Joriy yilda 21 ta oliy darajadagi taşriflar amalga oşirildi, 60 dan ziyod davlat va xalqaro taşkilotlar rahbarlari va vakillari bilan uçraşuvlar ötkazildi. Natijada 400 dan ortiq bitim va kelişuvlarga erişildi, qariyb 60 milliard AQŞ dollari hajmidagi savdo va sarmoyaviy şartnomalar imzolandi.
Yiğilişda davlat rahbari 2018 yilga yurtimizda Faol tadbirkorlik, innovatsion ğoyalar va texnologiyalarni qöllab-quvvatlaş yili, deb nom berişni taklif etdi. Qatnaşçilar bu takliflarni olqişlar bilan qöllab-quvvatladi.
Şundan söng Prezident Şavkat Mirziyoyev 2018 yilda Davlat va jamiyat qurilişi tizimini takomillaştiriş, qonun ustuvorligini ta'minlaş va sud-huquq tizimini yanada isloh qiliş, iqtisodiyotni rivojlantiriş va liberallaştiriş, ijtimoiy sohani rivojlantiriş, xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bağrikenglikni ta'minlaş hamda taşqi siyosat sohasidagi ustuvor yönalişlarga batafsil töxtalib ötdi.
Faol tadbirkorlik biznes faoliyatini innovatsion, ya'ni, zamonaviy yondaşuvlar, ilğor texnologiya va boşqaruv usullari asosida taşkil etadigan iqtisodiy yönalişdir. Faol tadbirkor, deganda, raqobatbardoş mahsulot işlab çiqarişga qodir, eng muhimi, yangi iş örinlari yaratib, nafaqat özini va oilasini boqadigan, balki butun jamiyatga naf keltiradigan işbilarmon insonlar tuşuniladi.
Davlat rahbari qayd etganidek, bugun biz davlat va jamiyat hayotining barça sohalarini tubdan yangilaşga qaratilgan innovatsion rivojlaniş yöliga ötmoqdamiz. Bu bejiz emas, albatta. Çunki zamon şiddat bilan rivojlanib borayotgan hozirgi davrda yangi fikr, yangi ğoyaga, innovatsiyaga tayangan davlat yutadi.
Şu ma'noda, yangi taşkil qilingan Innovatsion rivojlaniş vazirligi nafaqat iqtisodiyot sohasida, balki butun jamiyat hayotida eng muhim loyihalarni amalga oşirişda öziga xos lokomotiv rolini bajarişi kerak.
Davlat va jamiyat qurilişi tizimini takomillaştirişning ustuvor yönalişlari haqida söz borar ekan, Prezident Şavkat Mirziyoyev «Davlat xizmati töğrisida»gi qonunni işlab çiqiş vaqti kelganini ta'kidladi.
Islohotlar samarasini oşirişda parlament, deputat va senatorlar alohida örin tutişi kerak. Lekin amalda ularda faollik va taşabbuskorlik yetişmayapti. Yil davomida bildirilgan 136ta qonunçilik taşabbusidan bor-yöği 27 tasi deputatlarga tegişli bölib, ular ham asosan amaldagi qonunlarga Prezidentning farmon va qarorlaridan kelib çiqadigan özgartiş va qöşimçalardir. Parlament faoliyati esa köp hollarda şunçaki rasmiy yiğilişlardan iborat bölib qolmoqda. Xususan, bugungi kunda soğliqni saqlaş tizimida talay kamçiliklar mavjud. Qonunçilik palatasi tizimdagi muammolarni, ayniqsa, joylarda hal etişga qaratsa, maqsadga muvofiq bölar edi. Davlatimiz rahbari aytganidek, kerak bölsa, Qonunçilik palatasida Soğliqni saqlaş masalalari böyiça alohida qömita taşkil etib, uning a'zolari asosan hududlarda faoliyat körsatsa, nur ustiga nur bölardi.
Oliy Majlis rahbariyati qonunlar muhokamasiga keng xalq ommasini jalb qiliş, buning uçun zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etiş, jumladan, Internet tarmoğida maxsus «maydon»lar yaratişi zarur. Şu munosabat bilan har bir fuqaro davlat va jamiyat hayotiga daxldor muhim masalalar böyiça öz fikrini bildirişi uçun Internet tarmoğida «Mening fikrim» deb nomlangan maxsus veb-sahifa taşkil etiş maqsadga muvofiq. Prezident Şavkat Mirziyoyev demokratiyaning ilğor mexanizmi sifatida jamoa bölib elektron murojaat kiritiş tartibini tatbiq qiliş ham zarurligini ta'kidladi.
Davlat organlari faoliyatini rejalaştiriş, samaradorligini oşiriş hamon dolzarb masala bölib turibdi. Bugun birorta idoraning ötgan davrdagi faoliyatini xolisona baholaş imkonini beradigan aniq mezon yöq. Şuning uçun vazirlik va idoralar, barça darajadagi hokimliklar prognoz körsatkiçlarni belgilaşda öz faoliyatida kutilayotgan natijalarning aniq miqdor va sifat körsatkiçlarini belgilab olişi lozim. Davlat boşqaruv organlari va Vazirlar Mahkamasi örtasida özaro hamkorlikda iş olib boriş böyiça prinsip va mexanizmlarni qayta körib çiqiş maqsadga muvofiqdir.
Eng oğir muammolardan biri – davlatning funksiya va vakolatlari haddan taşqari markazlaşib ketganidir. Masalan, hozirgi vaqtda 64ta litsenziya turi mavjud bölsa, şundan 21tasi Vazirlar Mahkamasi va 40tasi markaziy idoralar tomonidan beriladi. Bu litsenziyalarning uçtasi viloyat hokimliklari va faqatgina bittasi tuman hokimliklari vakolatiga tegişlidir. Şundan kelib çiqiş, Prezident Şavkat Mirziyoyev davlat boşqaruvini haddan taşqari markazlaştirişdan voz keçiş zarurligini ta'kidladi. Buning uçun köpgina vakolatlarni markaziy davlat organlaridan hududiy organlarga ötkaziş kerak.
Erkin fuqarolik jamiyatini barpo etiş, inson huquq va erkinliklarini himoya qiliş borasida amalga oşirayotgan islohotlarda nodavlat notijorat taşkilotlarining alohida örni bor. Ammo aholining muammolarini tizimli örganiş, ularni aniq hal etiş, ayniqsa, ijtimoiy şaroiti oğir ayollarni qöllab-quvvatlaş, yoşlar va xotin-qizlar örtasida huquqbuzarlik va jinoyatçilikning oldini oliş, ularni iş bilan ta'minlaş masalalarida bu taşkilotlarning iştiroki yetarli darajada sezilmayapti. Bu boradagi kamçiliklarni bartaraf etiş maqsadida Özbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida Fuqarolik jamiyatini rivojlantiriş böyiça maslahat kengaşini tuziş, «Jamoatçilik nazorati töğrisida»gi qonunni işlab çiqiş taklifi ilgari surildi.
Jamiyatimiz hayotida demokratik prinsiplarni mustahkamlaşda ommaviy axborot vositalari muhim va ta'sirçan omil hisoblanadi. Şu munosabat bilan Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiya vositalari universitetini taşkil etiş zarurligi ta'kidlandi.
Prezident Şavkat Mirziyoyev qonun ustuvorligini ta'minlaş va sud-huquq tizimini yanada isloh qiliş töğrisida söz yuritib, Oliy Majlis huzurida Sud hokimiyati mustaqilligini ta'minlaşga kömaklaşiş komissiyasini taşkil etiş taşabbusini ilgari surdi. Bu komissiya odamlardan kelib tuşayotgan murojaatlar, xalq bilan bevosita uçraşuv va muloqot jarayonida kötarilayotgan masalalarni umumlaştirişi, parlament sörovi orqali haqqoniy vaziyatni tahlil qilişi, Oliy sud va Sudyalar oliy kengaşi bilan birga muammolarni hal etiş çoralarini körişi lozim.
Şuningdek, yuksak professional darajada faoliyat yuritadigan malakali sudyalarni tayyorlaşga xizmat qiladigan Özbekiston Respublikasi Odil sudlov akademiyasini taşkil etiş kerakligi qayd qilindi.
Şu maqsadda ötgan bir yil mobaynida sud, prokuratura, içki işlar organlari faoliyatini tubdan isloh qiliş böyiça keng kölamli işlar amalga oşirildi. Lekin bu borada qabul qilingan qator hujjatlar hayotga töliq tatbiq etilmayapti. Içki işlar idoralari hali çinakam «Xalqparvar içki işlar idoralari»ga aylangani yöq. Prokuratura organlarining esa jamiyatda qonun ustuvorligini ta'minlaş borasidagi faoliyati yetarli emas. Sud idoralari hali-hamon har qanday holatda adolat qaror topadigan maskanga aylangani yöq. Şu sababli bu sohadagi islohotlar kelgusida ham qat'iy va izçil davom etadi.
Milliy xavfsizlik xizmati idoralari bugungi kungaça 26 yil avval hukumat tasdiqlagan Nizom asosida faoliyat körsatib kelmoqda. Bu hujjat çorak asr davomida özgartirilmagani uşbu idora vakolatlarining asossiz kengayib ketişiga sabab böldi. Şu bois, davlatimiz rahbarining fikriça, Milliy xavfsizlik xizmati faoliyatini ham isloh qiliş vaqti keldi. Prezident Şavkat Mirziyoyev «Huquqni muhofaza qiluvçi organlar töğrisida»gi va «Milliy xavfsizlik xizmati töğrisida»gi qonunlarni işlab çiqiş va qabul qilişni taklif etdi.
Iqtisodiyotni rivojlantiriş va liberallaştirişning ustuvor yönalişlari haqida söz borar ekan, Xalqaro valyuta jamğarmasi ma'lumotlariga köra, aholi jon boşiga töğri keladigan yalpi içki mahsulot hajmi böyiça Özbekiston dunyo reytingida 187 mamlakat örtasida 134-örinda turişi ta'kidlandi. Vaholanki, yurtimiz boy tabiiy resurslarga, katta iqtisodiy salohiyatga ega. Hamma gap ana şu zaxirani xalq manfaati yölida oqilona va samarali işlata olişdadir.
Iqtisodiyotda boşqaruv tizimi eskirgani, innovatsion ğoyalarni qöllab-quvvatlaş böyiça samarali mexanizmlar öz vaqtida joriy qilinmagani jiddiy muammo bölib qolmoqda. Şuningdek, texnologik qoloqlik, resurs va energiyani tejaydigan texnologiyalar, muqobil energiya manbalarini tatbiq etişning sustligi iqtisodiy taraqqiyot yölida tösiq bölmoqda.
Şu nuqtai nazardan davlatning innovatsion yangilaniş dasturini şakllantiriş, innovatsiya va investitsiyalardan samarali foydalanadigan yangi avlod kadrlarini, yangi sarmoyadorlar sinfini tayyorlaş öta muhim ahamiyatga ega. Buning uçun Özbekistonni texnologik rivojlantiriş va içki bozorni modernizatsiya qiliş böyiça kuçli milliy ğoya, milliy dastur kerak.
2018 yil faol tadbirkorlikni rivojlantiriş e'tibor markazida böladi. Bu sohani qöllab-quvvatlaş, biznes sub'yektlarini jadal va barqaror rivojlantiriş yölidagi tösiq va ğovlarni bartaraf etiş böyiça zarur çoralar köriladi.
Ayrim korxonalarga imtiyozlar berilgani erkin raqobat muhiti böğilişiga olib keldi. Endi bunday amaliyotdan voz keçiladi. Bozor iqtisodiyoti şaroitida teng va halol raqobat muhitini yaratiş maqsadida «Mamlakat oziq-ovqat xavfsizligini yanada samarali ta'minlaş çora-tadbirlari töğrisida»gi farmon loyihasi işlab çiqilib, keng jamoatçilik muhokamasiga qöyildi.
Bojxona tartib-taomillarining murakkabligi tadbirkorlikka tösqinlik qilayotgan asosiy omillardan biri hisoblanadi. Jahon bankining hisobotiga köra, eksport-import hujjatlarini rasmiylaştiriş böyiça Özbekiston 190 davlat orasida 175-örinda turadi. Bojxona hujjatlarini rasmiylaştiriş uçun Belgiyada 1 soat kifoya qilsa, Özbekistonda 1 oy muddat sarflanadi. Şu munosabat bilan kelasi yildan boşlab, tadbirkorlik sub'yektlari uçun bojxona körigida xavf-xatardan ogoh etiş tizimi, ya'ni, tadbirkorlar qançalik halol ekaniga qarab, ularni «yaşil» va «qizil» yölaklar orqali ötkaziş joriy etiladi.
Ayni vaqtda noqonuniy tekşirişlar, xususiy biznes faoliyatiga asossiz aralaşişga qarşi kuraşni kuçaytiriş maqsadida tadbirkorlik sub'yektlari faoliyatini tekşiriş tizimi tubdan qayta körib çiqiladi. Tekşiriş ötkazişga ruxsat berişning maxsus elektron axborot tizimiga ötilib, uning nazorati Boş prokuraturaga yuklanadi. Barça tadbirkorlik sub'yektlarining moliyaviy-xöjalik faoliyatini tekşiriş 2 yilga töxtatiladi.
Biz böş turgan davlat mulki obektlarini özaro şeriklik asosida xususiy sektorga ötkaziş böyiça işlar davom ettiriladi. Internet tarmoğida elektron savdolar va auksionlar orqali yer uçastkalarini, jumladan, tadbirkorlar uçun ajratişning yagona tartibi örnatilib, 2018 yildan elektron savdo maydonlari orqali davlat aktivlarini sotiş böyiça elektron tizim taşkil etiladi.
Iqtisodiyotni rivojlantirişda puxta va barqaror bank-moliya tizimi ulkan ahamiyatga ega. 2018 yilda bank tizimi faoliyatini rivojlantiriş böyiça belgilangan vazifalarni amalga oşirişda banklar bilan tadbirkorlik sub'yektlari örtasida samarali va özaro manfaatli hamkorlik munosabatlarini ta'minlaş masalalariga alohida e'tibor qaratiladi.
Özbekistonda xalqaro standartlar asosida valyutani liberallaştiriş jarayoni boşlandi. Valyuta siyosati biznes va iqtisodiyotni rivojlantiriş manfaatlariga töliq xizmat qilişi, investitsiya faoliyatiga ijobiy turtki berişi lozim.
2018 yilda soliq siyosatini amalga oşirişda keskin çora-tadbirlardan voz keçiladi. Çunki islohotlar davrida davlat tizimining uzluksiz faoliyat körsatişi uçun byudjyet barqaror bölişi kerak.
Özbekistonda yirik investitsiya loyihalarini amalga oşiriş niyatida bölgan investorlar uçun mamlakatimizni jozibali qiliş maqsadida soliq tizimi takomillaştiriladi. Barça biznes toifalari uçun soliq yukini kamaytiriş va qulaylaştiriş, şu asosda işlab çiqarişni va soliqqa tortiladigan bazani kengaytiriş zarur. Soliq imtiyozlari berişda individual yondaşuvlardan voz keçib, ularni faqat iqtisodiyotning ma'lum tarmoqlari uçun qöllaş amaliyotiga ötiladi.
Davlatimiz rahbari aytganidek, byudjyet tizimini qayta körib çiqiş, byudjyet daromadlari va xarajatlari oçiq va oşkora bölişi ta'minlaş lozim.
Taşqi iqtisodiy sohada hali işga solinmagan katta imkoniyat va zaxiralar mavjud. Bu borada Markaziy Osiyo mamlakatlari va yirik şeriklar – Xitoy, Rossiya, Janubiy Koreya, AQŞ, Turkiya, Yevropa Ittifoqi mamlakatlari bilan savdo-iqtisodiy aloqalarni kengaytiriş davom ettiriladi. Kelasi yilda Jahon savdo taşkilotiga a'zo böliş böyiça muzokaralarni qayta boşlanadi. Asosiy maqsad – taşqi bozorga sifatli va sertifikatlangan mahsulotlarni «özbek brendi» nomi bilan olib çiqişdan iborat.
Hozirgi kunda milliy iqtisodiyotga yuqori daromad keltiradigan istiqbolli tarmoqlardan biri – bu turizmdir. Bu sohaga jahon brendlarini faol jalb etgan holda, ziyorat turizmi, ekologik, ma'rifiy, etnografik, gastronomik turizm va bu sohaning boşqa tarmoqlarini rivojlantirişga alohida e'tibor qaratiladi.
Davlat rahbari iqtisodiyotdagi yetakçi tarmoq – qişloq xöjaligi sohasidagi eng muhim vazifalarga töxtalib ötdi. Özbekistonda 51 foizdan ziyod aholi qişloq joylarda yaşaydi. Biroq qişloq xöjaligi mahsulotlarining mamlakat yalpi içki mahsulotidagi uluşi 17 foizdan oşmaydi. Agrar soha mahsulotlarini qayta işlaş hajmi esa 10 foizga yetmaydi. Şu munosabat bilan qişloq xöjaligini yanada isloh qiliş böyiça kompleks dastur işlab çiqiş lozim.
Hududlarni jadal iqtisodiy rivojlantiriş haqida söz borar ekan, bu borada mahalliy davlat hokimiyati organlarining vakolatlari, imkoniyat va javobgarligini kengaytiriş maqsadga muvofiqligi ta'kidlandi. Buning uçun Davlat-xususiy şeriklik munosabatlarini joriy etiş konsepsiyasini işlab çiqiş va amalga oşiriş kerak.
Quriliş-pudrat taşkilotlari va quruvçilarning zamonaviy avlodini yaratiş – dolzarb masalalardan biri. Şu maqsadda quriliş sohasini 2030 yilgaça innovatsion rivojlantiriş dasturi işlab çiqiladi.
Prezident Şavkat Mirziyoyev ijtimoiy sohani rivojlantiriş böyiça ustuvor yönalişlarga töxtalib, ilğor xorijiy tajriba asosida aholining munosib hayot darajasi uçun zarur bölgan daromadlarni aniqlaş böyiça «iste'mol savatçasi» tuşunçasini qonunçilikda mustahkamlaş va uni amalda ta'minlaş mexanizmlarini yaratiş lozimligini qayd etdi.
Ayni vaqtda aholining real daromadlari, iş haqi, stipendiya, pensiya va ijtimoiy nafaqalarni bosqiçma-bosqiç oşiriş böyiça ham amaliy çoralar köriladi.
Salomatlikni muhofaza qiliş borasida hududlar aholisi uçun qulay bölgan, sifatli va zamonaviy tibbiy yordam körsatiş, kasalliklarni barvaqt aniqlaş böyiça boşlangan işlar izçil davom etadi. Xususiy tibbiyotni jadal rivojlantiriş uçun xorijiy investorlarni jalb etiş va çet ellik mutaxassislar mamlakatimizda doimiy faoliyat yuritişini ta'minlaşga qaratilgan işlarni yanada kuçaytiriladi. Yaqin vaqt içida aholini arzon va sifatli dori vositalari bilan ta'minlaydigan 2 mingta ijtimoiy dorixona qurib, işga tuşiriladi. 2018 yilda 46 ta tuman va şahar tibbiyot birlaşmasi negizida tumanlararo perinatal markazlar taşkil etiladi.
Yoş avlodni har tomonlama soğlom va barkamol etib tarbiyalaş borasidagi işlarni yangi bosqiçga kötariş maqsadida «Yoşlarga oid davlat siyosati töğrisida»gi qonun yangi tahrirda qabul qilindi. Şu asosda yangiça yondaşuvlar hayotga faol joriy etilmoqda. Endi Özbekiston yoşlari xalqaro assotsiatsiyasi tuziladi. Yoşlar xorijdagi tengdoşlari bilan ilm-fan, madaniyat, tadbirkorlik, sport va boşqa sohalarda faol muloqotda bölişi ularning öz salohiyatini dunyo miqyosida namoyon etişi uçun katta imkoniyat yaratadi. Şuning uçun kelasi yil Samarqand şahrida Markaziy Osiyo yoşlari forumini ötkaziş közda tutilmoqda.
Bundan buyon ham ingliz tili va boşqa xorijiy tillarni çuqur öqitiş masalasiga ustuvor ahamiyat beriladi.
2018 yilda namunaviy va arzon uy-joylar quriş kölami joriy yilga nisbatan 1,5 barobar köpaytiriladi.
Ma'lum qilinganidek, kelasi yil yangi yöllar barpo etiş, transport-logistika infratuzilmasini yanada rivojlantiriş, körsatilayotgan xizmatlar sifatini oşiriş böyiça bir qator işlar rejalaştirilgan.
Madaniy meros obektlarini işonçli qöriqlaş va ulardan oqilona foydalaniş tizimini takomillaştiriş maqsadida Arxeologik tadqiqotlarni qöllab-quvvatlaş va arxeologik topilmalarni saqlaş dasturi ham qabul qilinadi.
Jismoniy tarbiya va sport sohasining moddiy-texnik bazasini mustahkamlaş, ilm-fan, madaniyat, san'at va adabiyot sohalarida sidqidildan xizmat qilayotgan yurtdoşlarimizni moddiy va ma'naviy qöllab-quvvatlaş işlari izçil davom etiriladi.
Prezident Şavkat Mirziyoyev xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bağrikenglikni ta'minlaş hamda taşqi siyosat sohasidagi ustuvor yönalişlarga alohida töxtalib ötdi.
Dunyodagi tahlikali vaziyatni hisobga olgan holda, tinçlik-osoyiştalikni mustahkamlaş, turli xavf-xatarlarga qarşi kuraşni har tomonlama kuçaytiriş şart. Bu – zamon talabi. Avvalo, şu yönalişda şakllangan tizim samaradorligini yanada oşiriş, ayniqsa, diniy masalalar bilan bevosita şuğullanadigan hokim örinbosarlari, mutasaddi taşkilotlar mas'uliyatini yanada kuçaytiriş zarur. Xususan, mahalla raislari, profilaktika inspektorlari, imom-xatiblar, diniy-axloqiy masalalar böyiça maslahatçilar, yoşlar, xotin-qizlar taşkilotlari faollari birgalikda iş olib borişi lozim.
Axborot resurslari orqali tarqatilayotgan buzğunçi ğoyalarning oldini oliş maqsadida huquqni muhofaza qiliş organlari tarkibida alohida bölinmalar taşkil etiladi.
Jamiyatimizda diniy konfessiyalar örtasida hamjihatlik va fuqarolar totuvligini mustahkamlaş bundan buyon ham eng dolzarb vazifalardan bölib qoladi.
Ötgan qisqa davrda milliy armiyamizni isloh qiliş böyiça aniq çora-tadbirlar qabul qilinib, Qurolli Kuçlarimiz qiyofasini tubdan özgartiriş jarayoni boşlandi. Harbiy sohadagi islohotlar samarasini oşiriş maqsadida Mudofaa doktrinasi yangidan qabul qilinadi. Uşbu doktrina Özbekiston taşqi siyosatining oçiqlik tamoyilini, yaqin qöşnilar bilan döstona va amaliy munosabatlarni rivojlantirişni ifoda etadi.
Ayni paytda mudofaa sohasida bajarilişi lozim bölgan muhim vazifalar bor. Avvalo, Milliy xavfsizlik konsepsiyasi hamda Mudofaa doktrinasining samarali va öz vaqtida amalga oşirilişini ta'minlaş böyiça köp iş qiliş kerak. Xususan, Qurolli Kuçlarni zamonaviy qurol-aslaha va harbiy texnika bilan ta'minlaş uçun Mudofaa-sanoat kompleksini şakllantiriş va rivojlantiriş davlat dasturini qabul qiliş zarur.
Mamlakatimizda qabul qilingan Harakatlar strategiyasiga muvofiq Özbekiston taşqi siyosat sohasida barça uzoq va yaqin davlatlar, avvalo, qöşni mamlakatlar, xalqaro taşkilotlar bilan döstona va özaro manfaatli hamkorlik aloqalarini har tomonlama rivojlantiriş siyosatini izçil davom ettiradi. Xorijiy davlatlar, xalqaro taşkilotlar va xalqaro moliya institutlari bilan siyosiy, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar sohalarda tuzilgan şartnoma va kelişuvlar öz vaqtida, töliq va sifatli bajarilişi uçun barça zarur çora-tadbirlar köriladi.
Prezident Şavkat Mirziyoyev tomonidan taqdim etilgan Murojaatnomada bayon qilingan reja va loyihalar, heç şubhasiz, mamlakatimiz taraqqiyotini, xalqimiz farovonligini yangi, yanada yuksak bosqiçga kötarişga xizmat qiladi.
Bu maqsadlarni töliq va samarali amalga oşiriş uçun tegişli huquqiy asos va mexanizmlarni yaratiş zarur. Şu munosabat bilan Boş vazir, Prezidentning Davlat maslahatçilari barça davlat va xöjalik boşqaruvi organlari, Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi raisi, viloyatlar, Toşkent şahri, tuman va şaharlar hokimlari bilan birgalikda Murojaatnomadan kelib çiqadigan ustuvor vazifalarni sözsiz amalga oşirişga doir kompleks çora-tadbirlarni işlab çiqiş va tasdiqlaşni ta'minlaş vazifasi topşirildi.
«Oğir yil kutib turibdi. Qilsak böladi, lekin xalqimiz ta'biri bilan aytganda suv kelsa simirib, toş kelsa kemirib, tanlagan yölimizdan qaytmasligimiz şart. Nega deganda hayotda heç narsa öz özidan bölmaydi. Özimiz harakat qilmasak, heç kim bizga beğaraz yordam bermaydi. Bugun gap xalqimiz, vatanimiz, bolalarimiz kelajagi haqida bormoqda. Barçamiz belimizni mahkam boğlab işlaşimiz, barça tajribamizni vatanimizga safarbar etişimiz kerak. Özimiz özimizga xiyonat qilmasligimiz kerak, özimiz özimizni aldamasak, halol işlasak, öz oldimizga qöygan maqsadlarga albatta yetamiz», deya sözini yakunladi prezident.
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Pauzasiz endoskopiya: muolaja xonasi eşigi ortida nimalar sodir böladi?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Pauzasiz endoskopiya: muolaja xonasi eşigi ortida nimalar sodir böladi?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi