Ukrainaning Odessa oblasti sobiq gubernatori, «Yangi kuçlari ruxi» harakati yetakçisi Mixail Saakaşvili Ukraina xavfsizlik xizmati binosiga kirişdan boş tortdi. Bu yerda uni söroq qiliş rejalaştirilgandi, deb xabar bermoqda «112 Ukraina» telekanali.
Bu haqda uning himoyaçisi Ruslan Çernolutskiy ma'lum qildi.
Siyosatçining himoyasi bunday qarorga çaqiruv qoğozida söroq ötkaziş hamda tovuş namunalarini oliş böyiça ekspertizalar ötkaziş körsatilgani sabab bölganini iddao etdi. Bu esa, advokatlarning sözlariga köra, qonunning buzilişi hisoblanadi.
Eslatib ötamiz, avvalroq Odessa oblasti sobiq gubernatori, Gruziya sobiq prezidenti Mixail Saakaşvili qamoqdan ozod etilganidan söng, Ukraina yetakçisi Pyotr Poroşenkoga maktub yuborganini tasdiqlagani xabar berilgandi.












