
Bugungi kunda soch to‘kilishi nafaqat 40 dan oshganlarning muammosi, balki 20-25 yoshlilarning ham muammosiga aylanayotganini kuzatmoqdamiz. Albatta, ko‘p hollarda soch to‘kilishidan ko‘pchilik erkaklar tushkunlikka tushib qoladilar. Soch to‘kilishi muammosi va uning yechimlari yuzasidan biz TM Minox mutaxassisiga savollar bilan murojaat qildik. Suhbatimiz natijalarini sizning e'tiboringizga havola etamiz:
- Nima uchun bugungi kunda soch to‘kilishi yosharib ketmoqda, umuman, yoshlarda soch to‘kilishining sabablari nimada?
- Olimlarning ta'kidlashicha, soch to‘kilishi inson organizmida digidrotestesteron garmoni miqdorining ko‘payib ketishi bilan bog‘liq. Bu garmon organizmda testesteron miqdorining ortishini keltirib chiqaradi va ayni garmon bevosita soch ildizi yadrosini zararlantiradi. Natijada esa soch ildizi shikastlanadi va nobud bo‘ladi.
Soch to‘kilishi muammosining yosharib borishini biz Minox mahsulotlariga bugungi kunda yoshlardan ko‘proq talab tushayotganidan kuzatmoqdamiz. Ayni paytda, iqlim va ekologik o‘zgarishlar oqibatida soch to‘kilishi va kallik muammosi dunyo bo‘ylab barchaning muammosiga aylangan, desam ham mubolag‘a bo‘lmaydi.

- Minox mahsulotlari qanday turdagi soch muammolari uchun mo‘ljallangan?
- Minox savdo markasi ostida taklif etilayotgan mahsulotlar erkaklar va ayollarda soch to‘kilishining oldini olish, sochlarni mustahkamlash, oziqlantirish va soch qoplami qalinligini oshirishga mo‘ljallangan. Shu bilan birga, Minox savdo markasi ostida soqol va kipriklarni qalinlashtirish va o‘stirish uchun ham alohida vositalar taklif etiladi.

- Minox 2, Minox 5 va Minox 10 losyonlarining foydalari haqida gapirib o‘tsangiz?
- Minox 2, Minox 5 va Minox 10 tarkibida mos ravishda 2 foiz, 5 foiz va 10 foiz minoksidin hamda glitserin, qichitqi o‘t ekstrakti va C, K, B2 kabi vitaminlar, karotin, pantotenik kislota, xlorofill, kaliy, oltingugurt, kalsiy, temir va tuzlar mavjud. Preparatlar to‘liq tabiiy bo‘lib, ularga hech qanday gormonal vositalar qo‘shilmagan.






