HeadHunter iş izlaşga doir job.ru servisini xarid qilişga kelişib oldi. Bu haqida kompaniya vakillari ma'lum qilişgan.
Kompaniya kelişuv doirasida job.ru aktivlarining bir qismiga, şu jumladan domen nomi va tovar belgilariga ega böladi. Kelişuv iştirokçilari 2018 yil yanvar oyi oxiriga borib loyihani yopişni rejalaştirişmoqda.
25 dekabr kuni job.ru saytida loyihani yopiş va HeadHunter'ga qöşiliş taklifi haqidagi e'lon paydo böldi, deya aniqlik kiritiladi xabarda. Unda, şuningdek, job.ru foydalanuvçilari öz rezyumelarini HeadHunter loyihasi saytiga köçiriş imkoniga ega bölişi qayd etildi. Şartnoma summasi haqidagi savol javobsiz qoldirilgan.
"Pronto Media" aksiyadorlarining Rossiyada barça internet-aktivlarni bundan keyin rivojlanişini töxtatiş qarori bizga job.ru aktivlarining bir qismini qölga kiritiş imkonini berdi.
Birinçi navbatda, bu job.ru'ning bir neça million foydalanuvçisiga öz rezyumesini HeadHunter tizimiga, şu jumladan HeadHunter rivoji uçun ustuvor ahamiyatga ega bölgan professional soha va mintaqalarga tösiqsiz köçiriş imkoniga boğliq".
Mixail Jukov
HeadHunter boş direktori
2017 yilning noyabrida "Iz ruk v ruki" naşriyoti va Job.ru xolding ikki saytning ham yopilişi haqida e'lon qildi. "Pronto media" Turkiyaning Dogan Yayin guruhi boşqaruvçi Trader Media East kompaniyasiga tegişli.












