Özbekiston va Qirğiziston Qambarota GES-1 qurilişi loyihasini birgalikda amalga oşiriş böyiça aniq qadamlarni muhokama qilişda davom etmoqda. Bu haqda Qirğizistonning Özbekistondagi elçisi Doniyor Sidiqov jurnalistlar bilan uçraşuvda ma'lum qilgan.
«Özbekiston Qambarota GES-1 qurilişida iştirok etadi. Bu kelişuv qoğozning özida qolgani yöq, balki amaliy jihatdan bajarilmoqda. Bu loyiha böyiça işçi guruhi Toşkentda özining ilk yiğilişini ötkazdi hamda qöşma qadamlarni belgilab oldi», - deya ta'kidlab ötgan elçi Doniyor Sidiqov.
Uning fikriga köra, bu mintaqaviy miqyosdagi katta loyiha böladi, unda barça masalalarni hal etiş, özaro konsensusni ta'minlaş va tomonlar manfaatini e'tiborga oliş lozim. Şuning uçun işçi guruh, deya qayd etdi elçi, hozirda aniq qöşma qadamlarni muhokama qilişda davom etmoqda.
«Mening öylaşimça, Özbekiston loyihada ham texnologik jihatdan, ham resurslar bilan iştirok etişi mumkin», - deya ta'kidlab ötdi diplomat.
Oktyabr boşida «Özbekgidroenergo» va Qirğizistonning «Milliy energetika holding kompaniyasi» Qambarota GES-1 qurilişi loyihasini amalga oşiriş sohasidagi hamkorlik böyiça memorandumni imzoladi.
Eslatib ötamiz, Qambarota GES-1 – bu Qirğizistondagi eng yirik gidroelektrstansiya loyihasidir.













