Angliya Premer-ligasining 20-turi doirasidagi sönggi uçraşuv «Arsenal» va «Kristal Pelas» örtasida keçdi. «Selxerst Park» stadionida bölib ötgan uçraşuvda mehmonlar jamoasi 3:2 hisobidagi ğalabaga erişdi.

«Kanonirlar» 25-daqiqada Şkodran Mustafining goli evaziga hisobda oldinga çiqdi. «Burgutlar» ikkinçi bölim boşida javob qaytarişdi — golga Endros Taunsend mualliflik qildi. 62-daqiqada mehmonlar jamoasi yana oldinga çiqdi — Aleksis Sançes aniq zarba berdi. Bir neça daqiqa ötib Sançes dublni rasmiylaştirdi. Öyin oxirida Jyeyms Tomkins hisobni qisqartirdi — 2:3.

Endilikda APL turnir jadvalida «Arsenal» 37 oçkosi bilan oltinçi örinda bormoqda, «Kristal Pelas» esa 18 oçkosi bilan — 16-poğonada joylaşgan. Roy Hojson jamoasining 8 uçraşuvdan iborat mağlubiyatsiz seriyasiga çek qöyildi.

Angliya çempionati
20-tur
Kristal Pelas – Arsenal 2:3 (0:1, 2:2)
Gollar: 0:1 – 25 Mustafi, 1:1 – 49 Taunsend, 1:2 – 62 Sançes, 1:3 – 66 Sançes, 2:3 – 89 Tomkins.
Kristal Pelas – Speroni, Kelli (Fosu-Mensa, 80), Tomkins, Denn, Şlupp, Taunsend, Kabay (Makartur, 53), Milivoyeviç, Loftus-Çik (Sako, 70), Benteke, Zaa.
Arsenal – Çex, Çembers, Mustafi, Koselni, Bellerin, Çaka (Meytlend-Naylz, 87), Uilşer, Kolaşinats, Özil, Sançes, Lyakazett (Koklen, 75).
Ogohlantirişlar: Çembers (29), Zaa (45).

Foto: Premer liga