Özbekiston va Rossiya juma kuni atom energiyasidan tinç maqsadlarda foydalaniş sohadagi hamkorlik böyiça hukumatlararo bitimni imzoladi. Bu haqda «Rosatom» davlat korporatsiyasi axborot xizmati xabar bergan.
Hujjat Özbekiston boş vaziri örinbosari Nodir Otajonov va «Rosatom» boş direktori Aleksey Lixaçev tomonidan imzolandi. Hujjat Özbekiston va Rossiya örtasida atom energiyasidan tinç maqsadda foydalaniş sohasida ikki tomonlama özaro aloqalar uçun huquqiy asos yaratadi.
«Özaro manfaatli hamkorlikni rivojlantiriş uçun istiqbolli yönalişlar orasida Özbekiston atom energetikasi uçun milliy infratuzilmani yaratiş va takomillaştiriş hamda kadrlarni tayyorlaş, mamlakatda AES va tadqiqot reaktorlarini quriş, şuningdek ularni butun sikl davomida qöllab-quvvatlaş kabilar bor», - deyiladi xabarda.
Şuningdek qöşma işlarning ehtimoliy yönalişlari orasida Özbekiston mineral-xomaşyo bazasini örganiş bilan uran konlarini qidiriş va özlaştiriş, uran moddasini saqlaş böyiça maxsus joylarni asl holatiga qaytariş, radiofaol izotoplarni işlab çiqariş va ularni sanoatda, tibbiyot hamda qişloq xöjaligida qöllaş, boşqa ilmiy tadqiqotlar bor.
Bitim aniq loyihalar va ilmiy tadqiqotlarni bajariş uçun qöşma işçi guruhlarni taşkil etiş, ekspertlar bilan almaşiş, seminarlarni taşkillaştirişni ham nazarda tutadi.








