O‘zbekiston | 16:07 / 30.12.2017
30202
5 daqiqa o‘qiladi

2017 yil yakunlari: qaysi xorijiy kompaniyalar O‘zbekiston bozoriga kirdi? 

2017 yil yakuniga yetishiga sanoqli kunlar qoldi. Spot.uz yil davomida sodir bo‘lgan muhim voqealar bo‘yicha ma'lumot berdi. Konvertatsiyaning ochilishi, investitsiyalar kafolati, yaqinlashishga qaratilgan kurs shunga olib keldiki, O‘zbekiston bozoriga bir necha o‘nlab jahon kompaniyalari kirib keldi. Quyida ulardan eng asosiylari haqida qisqacha ma'lumot taqdim etiladi.

Volkswagen va Peugeot Citroyon. Avtomobil bozori uzoq vaqt davomida yagona Chevrolet’dan iborat edi, joriy yilda esa ikkita yangi, yirik o‘yinchi qo‘shildi. Fransiyaning «Pejo Sitroyen» guruhi va Germaniyaning Volkswagen'i bu yerda zavodlar quradi hamda 2019 yildayoq yangi avtomobillarni ishlab chiqara boshlaydi. Yangi mahsulotlarning mahalliylashtirish darajasi yiliga 15-20 ming avtomobillik ishlab chiqarish quvvatlarida kamida 50 foizni tashkil etadi.

Foto: Motor.ru
Foto: Peugeot Citroyon

tvzavr.ru va Zvooq. Ucell Rossiyaning ikkita kontent servislari bilan sheriklik kelishuviga erishdi, ulardan birinchisini O‘zbekistondagi ilk qonuniy onlayn-kinoteatr sifatida ko‘rish mumkin, ikkinchisi esa obuna bo‘yicha birinchi qonuniy musiqa servisidir. 

Ticketon. Qozog‘istondagi onlayn-chiptalarni sotish bo‘yicha eng yirik servis o‘z ishini dekabrda boshladi. Kompaniyadagilarning fikricha, O‘zbekistondagi mijozlar, shuningdek madaniyat va sport obektlari internetdagi xaridning yangi imkoniyatlariga tayyor, bozorda bu borada yaxshi darajadagi texnik yechim hozircha yo‘q edi.

RC Cola. 1905 yilda paydo bo‘lgan va o‘z mahsulotini dunyoning 50 dan ortiq davlatida ishlab chiqaruvchi Amerika brendi Family Group kompaniyasi bilan hamkorlikda O‘zbekistonda alkogolsiz ichimliklarni chiqarish bo‘yicha loyihani avgustda ishga tushirdi.

Yevropa investitsiya banki. Iyunda bu boradagi ilk ma'lumot paydo bo‘ldi, bankning o‘zi esa O‘zbekistonda oktabr oyida ish boshladi. Bitimning imzolanishi YeIB moliyaviy instrumentlarini O‘zbekistondagi yirik ijtimoiy ahamiyatga ega sarmoyaviy loyihalarni amalga oshirishda qo‘llash imkonini beradi.

«Prodimeks». Sentyabrda bojxona bojlari bekor qilindi, noyabrda esa Rossiya kompaniyasi birinchi marta shakarni import qildi. Mahsulot bilan to‘la 50 ta vagon yuborildi hamda har kuni yangi hajmlar yuklanmoqda.

Addreality. Rossiyaning digital signage sohasidagi ishlab chiquvchisi Star Screen kompaniyasi bilan sheriklikda bozorga kirib keldi. Addreality’dagilarning fikricha, bu kompaniyaning geografik imkoniyatini kengaytirish imkonini beradi.

«Shokoladnitsa». Rossiyaning qahvaxonalar bo‘yicha eng yirik tarmog‘i bozorga franchayzing orqali kirayotganini ma'lum qildi. Hozirga qadar 5 ta shartnoma imzolandi, ilk qahvaxona esa Toshkentda 2018 yilda ochiladi.

Foto: Toyota Uzbekistan

Toyota. Kompaniyaning birinchi rasmiy dileri import qilingan avtomobillarni sotadi va ularga texnik xizmat ko‘rsatish bilan shug‘ullanadi. Xabar qilinishicha, muzokaralar jarayoni ikki yil davom etgan va endi Yaponiyaning eng yirik konserni O‘zbekistonga rasman kirib keldi.

Foto: KAMAZ

«KAMAZ». Noyabr oyida UzAutoTrailer MChJ quvvatlarida «KAMAZ» markasi ostida yuk transport vositalarini ishlab chiqarish tashkil etilishi ma'lum bo‘ldi. Dekabr oxiriga qadar O‘zbekistonda avtomobillarni yig‘ish uchun birinchi 100 ta yig‘ish majmuasini yetkazib berish rejalashtirilgan edi.

«Rostselmash». Rossiya kompaniyasi aprel oyida «O‘zagrotexsanoatxolding» bilan shartnoma imzoladi, uning doirasida Chirchiq qishloq xo‘jaligi texnikasi zavodi quvvatlarida qo‘shma korxona tashkil etiladi. Agrar texnika O‘zbekiston bozoriga yetkazib beriladi hamda boshqa mamlakatlarga reeksport qilinadi. 

Georgian Industrial Group. Gruziyaning daromadi 150 mln dollardan ortiqni tashkil etuvchi eng yirik xoldinglaridan biri Toshkentda o‘z ofisini ochadi, u Markaziy Osiyodagi vakolatxonaga aylanadi.

Qovee. Qirg‘izistonning bu servisi o‘zini MDH mamlakatlarining yagona elektron savdo maydonchasi sifatida taqdim etadi. U Toshkentda dekabr oyida ofisini ochdi.

Bundan tashqari, Qozog‘iston Xalq banki Toshkentda 2019 yilda ofis ochish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda, Fransiyaning to‘rt kompaniyasi bozorni o‘rganib chiqmoqda, McDonald’s franshiza orqali kirish imkoniyatini ko‘rib chiqyapti, Hollandiyaning Prime HortiSolutions’i issiqxonalar uchun texnologiyalar va xomashyo yetkazib berishni boshladi, Qozog‘istonning Processing.kz’i bozorga kirish uchun sherik-bankni qidirmoqda.

Mavzuga oid