Infografikada Yevropaning 42 mamlakatidagi eng yirik ommaviy savdoga qöyilgan kompaniyalar keltirilgan. Ular boş qarorgohi joylaşgan davlat böyiça ajratilgan va bozor kapitallaşuvi asosida baholangan.
Reyting uçun StockAnalysis hamda milliy fond birjalarining 2026-yil sentabr oxiridagi yoki eng sönggi mavjud savdo kunidagi maʼlumotlaridan foydalanilgan. Bozor kapitallaşuvi kompaniya aksiyalarining jami bozor qiymatini anglatadi.
ASML nega bunçalik qimmat?
ASML ilğor mikroçiplarni işlab çiqarişda qöllanadigan öta qisqa tölqinli ultrabinafşa nurli litografiya - EUV tizimlarining yagona yetkazib beruvçisi sifatida yarimötkazgiçlar sanoatida muhim örin tutadi.
Reytingga köra, u 42 mamlakat yetakçilari orasidagi yagona texnologik kompaniyadir. Bozor kapitallaşuvi böyiça esa dunyoda 20-örinni egallagan.
ASML'ning 670 milliard dollarlik qiymati Buyuk Britaniya yetakçisi HSBC bankining 342,4 milliard dollarlik va Şveysariya yetakçisi Roche kompaniyasining 341,5 milliard dollarlik qiymatidan qariyb ikki barobar yuqori.
Yevropaning avvalgi yetakçisi qiymatining 70 foizidan köproğini yöqotgan
Daniyaning Novo Nordisk kompaniyasi 2024-yilda Yevropaning eng qimmat kompaniyasi bölgan. Öşanda uning bozor qiymati 650 milliard dollardan oşgan.
Yangi reytingda esa Ozempic va Wegovy preparatlarini işlab çiqaruvçi kompaniyaning kapitallaşuvi 168,6 milliard dollar deb körsatilgan. Bu avvalgi yuqori körsatkiçga nisbatan 70 foizdan ortiq pasayişdir.
Maqolada bu özgariş Eli Lilly kompaniyasining raqobatçi Mounjaro va Zepbound preparatlari bozordagi uluşini kengaytirayotgani bilan izohlangan. Şunga qaramay, Novo Nordisk Daniyaning eng qimmat kompaniyasi bölib qolmoqda.
Köp mamlakatlarda banklar yetakçi
Yevropaning 15 mamlakatida eng katta bozor qiymatiga ega kompaniya - bank. Suğurta va investitsiya kompaniyalari ham qöşilsa, moliya sektori 18 mamlakatda yetakçilik qiladi.
Yana 10 mamlakatda birinçi örin energetika va kommunal xizmatlar kompaniyalariga tegişli. Demak, moliya hamda energetika-kommunal xizmatlar sohalari 42 milliy yetakçining 28 tasini taşkil etadi.












