2018 yilda Ikkinçi Jahon uruşi davridan buyon eng yomon insonparvarlik inqiroz holati yuzaga kelişi mumkin. Bu haqda Buyuk Britaniyaning xalqaro taraqqiyot böyiça Davlat kotibi Penni Mordauntning bayonotiga asoslangan holda The Telegraph xabar bermoqda.
Bundan avvalroq BMT 2017 yilda Ikkinçi Jahon uruşi davridan buyon eng yirik gumanitar inqiroz yuz bergani haqida bayonot bergandi. Taşkilot xabariga köra, bir neça davlatlarda 20 milliondan ziyod kişi oç va insonparvarlik yordamiga muhtoj holatda qolmoqda.
«2017 yil eng qörqinçli gumanitar inqirozlar yili bölgan bölsada, 2018 yil yanada yomon kelişi mumkin», — deya ta'kidlagan Mordaunt.
Naşrning qayd etişiça, Buyuk Britaniya Xalqaro taraqqiyot vazirligi gumanitar inqiroz oqibatlarini bartaraf etiş uçun BMT jamğarmasiga qöşimça 21 million dollar ajratişini qayd etib ötgan. Bu mablağlar 13 million kişining sanitar ahvolini yaxşilaş va ularni suv bilan ta'minlaşga sarflanadi, yana 9 million kişi Britaniya vazirligining qöşimça yordami tufayli oziq-ovqatlar bilan ta'minlanişi mumkin böladi.
Buyuk Britaniya Xalqaro taraqqiyot vazirligi BMTning favqulodda holatlar oqibatlariga qarşi kuraş uçun taşkil etgan jamğarmasiga ötkazadigan yillik yordami hajmi 55 million dollarni taşkil etadi.
Mordaunt xonim Buyuk Britaniya bundan keyin ham butun dunyodagi muhtojlarga yordam körsatişni davom etişini ta'kidlab ötgan.













