Özbekiston Respublikasi prezidenti Şavkat Mirziyoyev tomonidan «2018 yilda rasmiy sanalarni nişonlaş davrida qöşimça işlanmaydigan kunlarni belgilaş va dam oliş kunlarini köçiriş töğrisida»gi farmon imzolandi.
Turizmni rivojlantiriş davlat qömitasi xabariga köra, mazkur farmonga muvofiq, Yangi yil bayrami munosabati bilan hamda Navröz va Mustaqillik kuniga bağişlangan davlat bayramlariga atab 5 kun ketma-ket dam oliş imkoniyatini beradi.
Bunday qaror qonunçilikda belgilangan dam oliş va işlanmaydigan bayram kunlarida fuqarolarning mazmunli hordiq çiqarişlari, oila davrasida köproq vaqt sarflaşlari, yurt böylab sayohat qilişlari uçun qöşimça şaroitlar yaratişga qaratilgan.
Prezident taşabbusi bilan oilaviy turizm, ijtimoiy turizm va ayniqsa içki turizmni rivojlantiriş böyiça berilgan topşiriqlaridan kelib çiqib, Turizmni rivojlantiriş davlat qömitasi tegişli vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda “Özbekiston böylab sayohat qil!” dasturini işga tuşirdi. Bu dastur asosida Özbekiston aholisi mamlakat böylab sayohat qilişi uçun zarur şaroitlar yaratildi, maroqli sayohat dasturlari işlab çiqildi hamda mahalliy hokimiyat va sayyohlik kompaniyalari vakillari tomonidan barça taşkiliy masalalar hal qilinmoqda.
Uşbu içki turizmni rivojlantiriş dasturining Samarqand, Buxoro, Xorazm va Qoraqalpoğiston böylab uyuştirila boşlagan sayohat dasturida minglab fuqarolar iştirok etişga ulgurdi.
Uşbu yangilik xorij tajribasida, ayniqsa, Yaponiya va Xitoyda uçraydi va “Golden week” nomi tanilgan. Bu mamlakatlarda aholi katta bayramlar oldidan dam oliş kunlarini qanday ötkaziş, qayerlarga safar qilişni istaganidek rejalaştirişga imkon yaratadi. Aytiş mumkinki, aynan şunday uzaytirilgan dam oliş kunlari Yaponiya va Xitoy aholisida sayohat qilişga qiziqiş uyğotgan.
Prezidentning dam oliş kunlarini uzaytiriş böyiça imzolagan farmoni xalqda yurtning boy madaniy merosi, tarixi va urf-odatlarini yaqindan örganişga, xalqning ma'rifiy darajasini östirişga hamda vatanparvarlik, birdamlik hisini mustahkamlaşga yanada köproq xizmat qiladi.












