Isroil 30 dekabr keçki payt XAMASning Ğazo sektoridagi kuzatuv postiga zarba berdi. Zarba Isroil hududining 29 dekabrda raketalar bilan öqqa tutilişiga javoban amalga oşirilgan. Bu haqda Isroil armiyasi matbuot xizmati bayonotida ma'lum qilindi.
“Juma kuni Isroilning janubidagi Şaar xa-Negev va Sdot-Negev hududiy kengaşlariga otilgan raketalarga javoban Isroil harbiy-havo kuçlari samolyotlari XAMAS harakatiga tegişli kuzatuv postiga zarba berdi”, deyilgan bayonotda. Şuningdek, 29 dekabrda Isroilning tanklari va samolyotlari XAMASning Ğazodagi ikki pozitsiyaga zarba bergandi.
Juma kuni Isroil hududiga Ğazodan kamida 3 ta raketa otilgan. Ulardan ikkitasi Isroilning “Temir gumbaz” havo hujumiga qarşi mudofaa tizimi tomondan urib tuşirilgan, yana bittasini qaytarişning iloji bölmagan, u turar joy binosiga tekkan. “Juma kunidagi jiddiy hodisa Eron radikal va terrorçilik guruhlari orqali, Ğazo aholisi hayotini xatarga qöygan holda vaziyatni yomonlaştirişga urinayotganini yana bir bor isbotladi. Bu esa köp yillik osoyiştalikdan keyin vaziyatning keskinlaşişiga olib kelişi mumkin. Isroil armiyasi uşbu hujum va uning oqibatlari uçun XAMASni javobgar deb hisoblaydi”, deyilgan xabarda.
Isroil hududining 3 oylik tanaffusdan keyin raketalar bilan jadal öqqa tutilişi 6 dekabrda AQŞ prezidenti Donald Tramp al-Qudsni Isroil poytaxti deb tan olgandan keyin yana boşlangan. Dekabrda Isroilga 30 dan köproq raketa otilgan. Ulardan biri Sderot şahridagi bolalar boğçasiga tekkan, yana biri şu şaharning köçalaridan biriga tuşgan. Isroil bunga javoban XAMASning Ğazodagi 30 ga yaqin harbiy postiga zarba bergan. Buning oqibatida falastinliklardan ikki nafari halok bölgan va 30 ga yaqini yaralangan.












