2017 yil har tomonlama jadal olib borilayotgan islohotlar bilan yodda qolişidan taşqari yuz bergan turli fojialar bilan ham tarixda qoldi. Kun.uz tasnifi böyiça 2017 yilda Özbekistonda yuz bergan baxtsiz voqealar sarhisob qilindi.

Yilning ilk kunlarida Qamçiq dovonida yuz bergan mudhiş voqea haqida turli mişmişlar tarqaldi. Internet foydalanuvçilarining yozişiça, Qirğizistonda 23 yanvar kuni yuz bergan yer silkinişi oqibatida kuçli köçki röy berib, Qamçiq dovonidagi temir yölga hamda bu paytda temir yöldan ötayotgan yuk poyezdining ustiga tuşgandi. Qamçiq dovonida poyezdlar qatnovining töxtatilişi hamda qutqaruvçilar otryadlarining navbatçiligiga Qirğizistondagi zilzila tufayli röy bergan köçki sabab bölgani haqida ma'lumot tasdiqlandi, rasmiy izoh berilmadi.
Şuningdek, Andijon şahridagi «Özbegim» savdo markazida yoş bolakay tört qavatli bino balandligidan yertöladagi kafel ustiga tuşgan. Uning hayotini saqlab qolişning iloji bölmagan. Ma'lum qilinişiça, eskalatordan kötarilayotgan ona bolasini qölidan tuşirib yuborgan. Ijtimoiy tarmoq foydalanuvçilari uşbu hodisaga nisbatan turli fikr va munosabat bildirdi.

23 fevral kunining ikkinçi yarmida, Farğona viloyati, Farğona şahridagi «Farğonaazot» korxonasining ammiak sexida röy bergan portlaş 6 kişi halok bölgan va 12 kişi jarohatlangan holda şifoxonaga yotqizilgandi. Ularning barçasi ammiak sexida montaj-ta'mirlaş işlarini olib borayotgan işçilar bölgan. Qurbonlarning 3 nafari Farğona şahrida yaşagan, yana 3 nafari Toşloq tumanidan bölgan.

23 fevral kuni Toşkent şahar, Çilonzor tumani, S-mavzesi, Çöpon Ota köçasi 28A-uyda joylaşgan ma'muriy binoda sodir bölgan yonğin haqida maxsus xabarnoma e'lon qilindi. Körsatilgan manzilga, soat 16dan 46 daqiqa ötganda, Çilonzor tumanini yonğindan muhofaza qiluvçi 16 HYoHQdan 2ta jangovar yonğin öçiriş avtoekipajlari yetib borgan vaqtda, binoning 1, 2 va 3 qavatlari oçiq alanga bilan yonayotgani ma'lum böldi hamda yordamga qöşimça yonğin öçiriş avtoekipajlarni çiqarilişi söraldi.

Şuningdek, soat 17dan 13 daqiqa ötganda, Yonğin öçiriş rahbari tomonidan 2 maxsus çaqiriq e'lon qilinib, yonğin joyiga qöşimça ravişda Çilonzor tumanini yonğindan muhofaza qiluvçi 17 HYoHQdan 2ta, Yakkasaroy tumanini yonğindan muhofaza qiluvçi 21 HYoXQdan 2ta, Uçtepa, Mirobod va Şayxontohur tumanlarini yonğindan muhofaza qiluvçi 1,2,6 va 13 HYoHQlardan bittadan hamda Özbekiston Respublikasi IIV YoXBB RIOdan 2ta jangovar yonğin öçiriş va 3ta maxsus avtoekipajlari yöllangan. Jangovar avtoekipaj şaxsiy tarkibi tomonidan körilgan çora va tezkor harakatlar natijasida, yonğin 18dan 06 daqiqa ötganda qurşab olinib, soat 18dan 16 daqiqa ötganda butunlay öçirilişiga erişildi. Yonğin vaqtida yonğin öçiruvçilar tomonidan 70 nafar işçi-xizmatçi qutqarilib, şulardan 14 nafari Respublika Şoşilinç tez tibbiy yordam körsatiş markaziga olib borilgan.

4 aprel kuni Qarşi şahridagi 4-sonli örta maktabda qotillik sodir etildi. Kun.uz naşrining bir neça manbalari ma'lumot berişiça, şu maktabda biologiya fanidan dars berib kelgan Muhabbat Köçimova qotillik qurboni bölgan. 29 yoşda bölgan bu ayol öz turmuş örtoği tomonidan tiğli qurol orqali öldirilgan. Voqea barça darsdaligida röy bergan, şu tufayli qotillikning oldini olib qolib bölmagan. Köçimova şu kuni maktabda navbatçi edi.

13 iyul kuni Namangan viloyati Yangiqörğon tumanida hojatxonada oğir gazdan zaharlaniş sodir bölgan. Uşbu xonadonda yaşovçi fuqaro G.Musaboyeva Samsung Galaxy G7 uyali telefonini uyidagi hojatxonaga tuşirib yuborgan. Şu kuni Musaboyeva tomonidan yollangan işçilar A.Qirğizboyev va O.Murzaliyev telefonni olib çiqiş uçun birin-ketin hojatxona tubiga narvon yordamida tuşişgan va oğir gazdan zaharlanib, huşdan ketişgan. Şifokor yollanma işçilarni qutqarib oliş uçun hojatxona tubiga tuşayotib zaharlanib, huşini yöqotgan.
Namangan viloyati FVB Qutqaruv otryadi qutqaruvçilari kelib tuşgan xabardan söng qisqa muddat içida voqea joyiga yetib borib, vafot etganlarni hojatxona tubidan olib çiqişgan.

18 mart kuni tonggi soat 3:00 atrofida Qöqon şahriga yondoş joylaşgan Danğara tumani hududidagi Oydin köçasi, 78 uyda gaz portlagan. Portlaşga gaz tez-tez öçişi oqibatida gaz töplanib qolgani sabab bölgan. Rasmiy xabarga köra, Farğona viloyati Qöqon şahrida yaşovçi fuqaro Q.Rajabovning uyida elektr simlarning qisqa tutaşuvi natijasida yonğin sodir bölgandi. Yonğinni öçiriş vaqtida uy egasinining turmuş örtoği hamda farzandlari — 2009 yilda va 2013 yilda tuğilgan öğillarining kuygan holdagi jasadlari topilgan. Bundan taşqari, boşqa hodisada jabrlangan 20 yaşar Şeraliyev Abu Bakr va Şeraliyev Bilolning holati şifokorlar tomonidan öta oğir deb baholangandi. Jabrlanuvçilar Qöqon şahar Tibbiyot birlaşmasining jonlantiriş bölimida jon berdi.
Kun.uz muxbiri farzand doğida kuygan ota-ona bilan suhbat qurdi.
Sobiq içki işlar xodimi aks etgan videoda u öz farzandini bir neça daqiqa davomida xörlaydi. U qizçani tinimsiz uriş davomida qattiq haqoratlaydi va uyidan haydaydi. Bu voqea markaziy telekanal orqali namoyiş etilgaç, katta muzokaralarga sabab böldi.

Noyabr oyida Toşkent şahri, Olmazor tumani, Beşqörğon mavzei (Tansiqboyev-3)da yaşovçi oilaning uç norasida farzandi ketma-ket vafot etdi. Ijtimoiy tarmoqlarda bu oilani yaqindan tanigan qöşnilarning sözlariga köra, qizlar qiyma kabob tanovul qilganidan söng qorinda oğriq paydo bölganini aytişgan. Keyin esa oğriq qoldiruvçi dori iste'mol qilişgan. Biroq biroz vaqt ötgaç, qizlarning ahvoli yanada oğirlaşadi va ulardan birining joni «tez yordam» maşinasida uziladi. Qolgan qizlarning ham ahvoli oğir bölganligi sabab yuqumli kasalliklar şifoxonasiga jönatiladi. Ma'lum bölişiça, ular ham birin-ketin vafot etişgan.











