«Özbekiston» telekanalida «Uçburçak» körsatuvining navbatdagi sonida olib çiqilgan mavzu auditoriyaga yiğilganlarni yiğlatdi.

Muhokamaga yolğiz otaning öz qiziga munosabati aks etgan video qöyilgan. Videoda turmuş örtoği çet elda bölgan er öz farzandini bir neça daqiqa davomida xörlaydi.

U qizçani tinimsiz uriş davomida qattiq haqoratlaydi va uyidan haydaydi. Uning sözlaridan biliş mumkinki, oilada boşqa farzand ham bor.

«Menga kerakmassan. Onang Turkiyada yuribdi. Endi itning kunini solaman senlarga», deya dağdağa qiladi u.

4 yoşli qizça esa iltijo qilib, özini urmaslikni söraydi, lekin u yanada qattiqroq va köproq kaltaklanadi.

Körsatuvda iştirok etgan IIV xodimi bu hodisa jinoyat ekanini, bu şaxs jazolanmasdan qolmasligini qayd etadi.

Hozirda uşbu voqea qaçon va qayerda sodir bölgani, uşbu şaxs qölga olingan yoki qölga olinmagani ma'lum emas.

Huquqşunos izoh berişiça, bu holatga birinçi navbatda Oila Kodeksining 79-moddasi böyiça qaraladi. Bu moddaga köra, ota-onalik huquqini suiiste'mol qilsa, bolalarga nisbatan şafqatsiz muomalada bölsa, jumladan jismoniy kuç işlatsa yoki ruhiy ta'sir körsatsa, ota-onalik huquqidan mahrum qiliş nazarda tutiladi.

Şuningdek, bu örinda Özbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 4 moddasini körib çiqiş mumkin: 104, 105, 109 va 110-moddalar.

104-modda. Qasddan badanga oğir şikast yetkaziş

Bu yerda jabrlanuvçiga qay darajada jarohat yetkazilganiga köra jazo belgilanadi. Oğir tan jarohati yetkazilgan hollarda uç yildan beş yilgaça ozodlikni çeklaş yoxud uç yildan beş yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş bilan jazo qöllanadi.

105-modda. Qasddan badanga örtaça oğir şikast yetkaziş

Örtaça tan jarohat yetkazilgan holatda uç yuz oltmiş soatgaça majburiy jamoat işlari yoki uç yilgaça axloq tuzatiş işlari yoxud bir yildan uç yilgaça ozodlikni çeklaş yoki uç yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş bilan jazolanadi.