2017 yilning 13 iyul kuni Namangan viloyati Yangiqörğon tumanida hojatxonada oğir gazdan zaharlaniş sodir bölgan. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati xabar tarqatgan.
Uşbu xonadonda yaşovçi fuqaro G.Musaboyeva Samsung Galaxy J7 uyali telefonini uyidagi hojatxonaga tuşirib yuborgan.
Şu kuni Musaboyeva tomonidan yollangan işçilar A.Qirğizboyev va O.Murzaliyev telefonni olib çiqiş uçun birin-ketin hojatxona tubiga narvon yordamida tuşişgan va oğir gazdan zaharlanib, huşdan ketişgan.
Şifokor yollanma işçilarni qutqarib oliş uçun hojatxona tubiga tuşayotib zaharlanib, huşini yöqotgan.
Namangan viloyati FVB Qutqaruv otryadi qutqaruvçilari kelib tuşgan xabardan söng qisqa muddat içida voqea joyiga yetib borib, vafot etganlarni hojatxona tubidan olib çiqişgan.
Fuqarolar A.Qirğizboyev va O.Murzaliyev voqea joyida, fuqaro Q.Irisboyev esa şifoxonaga olib ketilayotgan vaqtda jon bergan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan tegişli xizmatlar tomonidan suriştiruv işlari olib borilmoqda.
















