Samarqand viloyati Kattaqörğon tumanidagi "Çiğatoy fayzli boğlari" fermer xöjaligi rahbari dunyo ekoturizm faoliyatini kuzatib, sayyohlarning fermerlarning uyi yoki dala şiyponida qolişiga guvoh bölgaç, sayyohlar uçun mehmonxona qurişni boşlab yubordi. Uni yonida qişloq xöjalik mahsulotlarini quritiş va qayta işlaş sexi ham barpo etilmoqda. Ana şunda sayyohlar gulzor, boğ va issiqxonani tomoşa qilib, sexda tayyorlangan ekologik toza şarbatlardan iste'mol qilişi uçun şaroit yaratiladi. Bu haqda ÖzA xabar bermoqda.
Fermerning boği bir neça qismdan iborat. Uning bir tarafida Yevropadan keltirilgan gullaru, daraxtlar bölsa, yana bir tarafida Şarq ertaklariga tuşib qolganday bölasiz. Eng muhimi esa Amerika va Kanadada ösadigan yonğoq navlari, Gruziya noklari, Gretsiyaning olxöri, şaftolisi, Hindistonning danaksiz anorigaça payvandlaş usulida köpaytirilmoqda.
Mutaxassislarning ma'lum qilişlariça, odatda, nok köçatini kökartiriş qiyinroq, uning meva berişiga ham 10-12 yil kerak bölar ekan. «Çiğatoy fayzli boğlari" boğbonlari bu muddatni 80 foizga qisqartirişga erişdi. Tezpişar va serhosil navini köpaytiriş maqsadida olmurutga payvand qilingan nok köçatlari uç yilda hosilga kiradi. Bu nav iyun oyining örtalaridan oktabrning söngiga qadar hosil beradi. Xöjalik boğida payvandlaş orqali köpaytirilgan yil davomida hosili navbat bilan pişadigan yana bir mevali daraxt bor. Bu şaftoli bölib, uning bir tupida uç xil meva, uç muddatda pişadi. Bunday şaftolidan köplab köçat yetiştirişga ham erişildi.
Boğdorçilikka bölgan iştiyoq bois, qayerdaki serhosil va tezpişar, eksportbop va xaridorgir meva haqida eşitsa, topib kelib, iqlimimizga moslab, yurtimizda köpaytirişga harakat qiladi. Heç bölmasa uruğini kökartiradi. Fermer ana şu tarzda Xitoyda ösadigan "Goja" dorivor ösimligini köpaytirdi. Yurak, qon-tomir, bel, oyoq, oşqozon, buyrak kasalliklari uçun dorilar tayyorlanadigan bu ösimlik mevasining bir kilogrammi Yevropa davlatlarida 100 dollarga baholanadi. Bir neça yillar oldin Dubaydan keltirilgan kivi hozir 15-20 kilogramm meva bermoqda. Şuningdek, kivi köçatlari ham tayyorlangan bölib, buyurtma asosida yetkazib berilmoqda.
– Beş sotixli tabiiy issiqxonada anjir yetiştirayapmiz, – deydi fermer xöjaligi rahbari Tohir Yorqulov. – Odatiy usulda anjir yetiştirilganda kuz-bahordagi kömib-oçiş paytida gul tuganaklari köp nobud böladi. Issiqxonada esa anjirning möl hosil berişini isbotladik. Mö'jazgina issiqxonadagi 12 tup limonning har biridan 30 kilogrammdan hosil olyapmiz. Endi esa uzumdan yiliga 2 marotaba hosil yetiştirmoqçimiz. E'tibor qilsangiz, oçiq holda uzum yetiştirişda köçatlar kuzda uyquga ketadi. Issiqxonada esa doim mö'tadil haroratda hosil tuganaklari paydo bölaveradi. Bu esa bir neça marta hosil olişda qöl keladi.











