Londonning «Arsenal» klubi hujumçisi Emmanuel Adebayor 2013 yili vafot etgan akasining öğlini asrab oldi. Bu haqda futbolçi instagramdagi rasmiy sahifasida ma'lum qilgan.

«Meni va mening akam Piterni bilganlarga aytişim kerakki, u oramizda yöq. Bu uning öğli edi. Bugun u rasman mening öğlim böldi.

Sizlarga Junior Emmanuel Adebayorni taniştirişga ruxsat bering — mening birinçi öğlim», — deya yozgan Adebayor.

Foto: Instagram

Ayni vaqtda uşbu togolik futbolçi Turkiyaning «Istanbul Başakşehir» klubi şarafini himoya qilmoqda.