Şveytsariyadagi kafelardan birining vakillari stratosfera qobiğiga şaurma solingan meteorologik zondni olib çiqişdi. Zondda örnatilgan kameralar orqali olingan videorolik Caters portalida namoyiş etildi.

Uşbu taom ikki soatga yaqin vaqt davomida parvozda bölgan va 37 kilometr yuqorilikka kötarilgan, keyin pastga qulagan.

Qayd etiş kerakki, bu kosmosga noodatiy narsani çiqariş bilan boğliq birinçi holat emas. Bundan avvalroq uşbu qatlamga  pirog va Kane Uestning krossovkasi ham olib çiqilgandi.