«Real» Ispaniya Kubogining nimçorak finalida «Numansiya»ga qarşi öyin ötkazdi. Soriyadagi «Los-Paxaritos» stadionida keçgan uçraşuv mehmonlar jamoasining 3:0 hisobidagi ğalabasi bilan yakunlandi.
Öyinning 35-daqiqasida Garet Beyl penaltidan hisobni oçdi: u töpga zarba berişdan oldin ozroq pauza qildi, darvozabon çapga taşlanib bölganidan keyin uelslik futbolçi töpni ikkinçi tomonga yönaltirdi. Öyin davomida maydon egalari vakili Pape Diamanka Naçoga işlatgan qöpolligi uçun ikkinçi sariq kartoçkani olib maydondan çetlatildi.
89-daqiqada madridliklar yana penalti tepiş huquqiga ega bölişdi — Isko aniq harakat qildi. Öyinga qöşib berilgan daqiqalarda çap qanotdan Aşraf Xakimi uzatgan pasni Borxa Mayoral boşi bilan darvozaga yölladi - 3:0.
Zinedin Zidan uşbu uçraşuvga jamoaning asosiy hujumçilari Kriştianu Ronaldu va Karim Benzemani olib kelmagandi.
Javob uçraşuvi «Real» maydonida 10 yanvar kuni bölib ötadi.
«Selta» va «Barselona» Ispaniya Kubogining 1/8 finali doirasidagi birinçi uçraşuvni Vigodagi «Balaidos» stadionida ötkazişdi. Bu bahsda kuçlar teng keldi — 1:1.
Öyinning 15-daqiqasida Andre Gomeşa, i Xose Arnais mehmonlarni oldinga olib çiqqandi. 31-daqiqada Pione Sisto öyindagi muvozanatni tikladi — 1:1.
4 yanvar oqşomida Ispaniya Kubogi nimçorak finali doirasida yana ikki uçraşuv bölib ötdi. «Espanol» öz uyida«Levante»ga yutqazdi — 1:2. «Leganes» esa «Vilyarreal»ni mağlub etdi — 1:0.
Javob uçraşuvlari 11 yanvarda bölib ötadi.
Ispaniya Kubogi
1/8 final
Dastlabki uçraşuvlar
Numansiya – Real Madrid 0:3 (0:1, 0:2)
Gollar: 0:1 – 35, penalti Beyl, 0:2 – 89, penalti Isko, 0:3 – 90 Mayoral.
Numansiya – Moxamedi, Kalvo, Ripa (Valkarse, 20; Mateu, 46), Medina, Guterres, Diamanka, Grego Serra (Peres, 63), Larrea, Neto, Milya, Ixinio Marin.
Real Madrid – Kasilya, Valexo, Teo, Karvaxal, Naço, Lorente, Sebalos (Isko, 74), Asensio (Xakimi, 85), Vaskes, Beyl (Kovaçiç, 61), Mayoral.












