Kremniyda filtrlanmagan, qayta işlanmagan, sterilizatsiya qilinmagan buloq suvini xarid qiliş urfga kirdi. Business Insider şu haqidagi ma'lumotlari bilan bölişdi. Masalan, qadoqdagi 9,5 litr suvning Live Water kompaniyasidagi narxi 61 dollarga yetadi.
Öz navbatida, 24 million dollarlik investitsiya jalb qilişga ulgurgan Zero Mass Water kompaniyasi ham tanilib bormoqda. Startap 4500 dollarga havoning özidanoq suv tortib oluvçi suvni sotmoqda. Mexanizm kuniga 10 litrga yaqin suvni işlab çiqaradi va 60 litrça suvni saqlaş imkonini beradi.
The New York Times'da yozilişiça, odamlar qayta işlamagan suvni tabiiy manbalardan olişmoqda.
2017 yilning sentabrida yopilgan Juicero nomli startap asosçisi Dug Evans The New York Times'ga u va uning döstlari Burning Man festivaliga 190 litr suv olib borişganini aytdi: "Men öz soğliğim borasida qattiq qayğuraman va bilamanki, birgina men şunday emasman. Juda köpçilik şunday - buloq böyida kimga duç kelişingni heç qaçon bila olmaysan".

Business Insider muxbiri narxlarning oşişiga qaramay bunday suv zaxiralarining juda tez sotilayotganiga işonç hosil qiliş maqsadida Rainbow Grocery supermarketlaridan biriga bordi.
9,5 litrli oddiy köza bahosi narxlar oşganidan keyin 38,49 dollarni taşkil qildi. Dekorativ közani 60,99 dollarga xarid qiliş mumkin.
Manbaga köra, qayta işlanmagan suv ixlosmandlari uning foydasi haqidagi ilmiy isbotga ega emas, biroq uning iste'molidan foydani his qilayotganliklarini ta'kidlaşmoqda. Harakat tarafdorlari turli qöşimçalar va ultrafiolet hamda ozon sabab oddiy suv quvuridan oquvçi yoki butilkalardagi suvlarni içişdan xavfsiraşmoqda, bu foydali bakteriyalarni göyoki öldirar emiş.

Live Water kompaniyasi asosçisi Mukande Singx uning startapi sotuvga çiqaruvçi suvning yaroqlilik muddatini ikki oy deb hisoblaydi. Uning fikriça, bu "haqiqiy suv" xususiyatlariga xos. "Suv bir oy sikli davomida öz foydali xususiyatlarini saqlab qoladi, - deydi Singx. - Agar haddan taşqari uzoq kutilsa, u yaşil rangga kiradi. Odamlar buni hatto anglab ham yetişmaydi, çunki quvurdan keladigan suv ölik, şu bois u heç qaçon yaşil tusga kirmaydi".









