Tahririyatimizga Qaşqadaryo viloyat markazi — Qarşi şahridan tadbirkor, «Asilbek-Ziyoda» savdo işlab çiqariş korxonasi rahbari Ismoil Panjiyev murojaat qilib, Qarşi şahar hokimligi va «Yerqörğon dehqon (oziq-ovqat) bozori» AJ tomonidan uyuştirilayotgan tazyiqlar qurboni bölayotganini bayon etdi.

Biz — KUN.UZ jurnalistlari guruhi vaziyat bilan yaqindan tanişiş, jurnalistik suriştiruv ötkaziş uçun Qarşi şahriga yöl oldik.

Murojaatçi Ismoil Panjiyevning aytişiça, Qarşi şahar hokimining 2017 yil 14 apreldagi X-843/4-sonli qaroriga köra, ayrim fuqarolar, jumladan fuqaro Ismoil Panjiyevga «avtomobillar vaqtinçalik töxtaş joyi» uçun berilgan yer maydonlari Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 27 martdagi PQ–2853-sonli «2017–2019 yillar davrida dehqon bozorlarini rekonstruksiya qiliş va ularning hududida zamonaviy savdo majmualari quriş dasturini tasdiqlaş töğrisida»gi qaroriga muvofiq «Yerqörğon dehqon (oziq-ovqat) bozori» AJ tasarrufiga ötkazilişi belgilangan.

Yuqorida tilga olingan Prezident qarorining 17-bandida çindan ham şunday deyiladi:

«17-band. 2017 yil 1 apreldan boşlab şunday tartib joriy etilsinki, unga muvofiq:

dehqon bozorlariga tutaş hududlarda joylaşgan avtotransport vositalarini vaqtinça saqlaş joylari uşbu dehqon bozorlari tarkibiga ötkaziladi va keyinçalik ular faoliyatidan tuşgan pul tuşumlari dehqon bozorlarining soliq solinadigan daromadlari tarkibiga kiritiladi hamda uşbu mablağlarning 50 foizi mahalliy byudjyetlarga yönaltiriladi».

«Avtostoyanka emas avtoşohbekat-ku?!»

Ismoil Panjiyev. Foto: KUN.UZ

1,175 ga yer maydoni fuqaro Ismoil Panjiyevga emas, u rahbarlik qilayotgan «Asilbek-Ziyoda» savdo işlab çiqariş korxonasiga tegişli. Bu haqda barça tegişli hujjatlar bor. Hattoki hokimlik ham yöl qöygan xatosini anglab, 2017 yil 19 iyulda öz qarorining 1-bandiga özgartiriş kiritadi va «Asilbek-Ziyoda» SIÇK tasarrufida bölgan 1,175 ga yer maydonidagi avtomobillar töxtaş joyi «Yerqörğon dehqon (oziq-ovqat) bozori» AJ tasarrufiga ötkazilsin, deb özgartiriş kiritadi.