Özbekiston Respublikasi Prezidenti Ş.Mirziyoyevning 2017 yil 12 iyuldagi Oliy Majlis palatalari, siyosiy partiyalar hamda Özbekiston Ekologik harakati vakillari bilan videoselektor yiğilişidagi ma'ruzasida, şuningdek 2017 yil 22 dekabrdagi parlamentga taqdim etgan Murojaatnomasida qonun ijodkorligidagi kamçiliklar, deputatlarda qonunçilik taşabbusi borasida faollikning yetişmasligi asosli tanqid qilingandi.
Davlat rahbari har bir qonun loyihasi yuzasidan fikr va takliflarni quyidan – fuqarolardan, joylardagi xalq deputatlari Kengaşlaridan oliş tartibini keng joriy etiş, qonunlarni qabul qiliş jarayonida ularni aholi örtasida har tomonlama muhokama qiliş tizimidan samarali foydalaniş borasida bir qator takliflarni ham ilgari surgan.
Oliy Majlis Qonunçilik palatasi Axborot xizmatining xabar qilişiça, qonunlar muhokamasiga keng xalq ommasini jalb qiliş, buning uçun zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etiş, demokratiyaning ilğor mexanizmi sifatida jamoa bölib elektron murojaat kiritiş tartibini tatbiq qiliş, Oliy Majlis tarkibida ilmiy-amaliy tadqiqot va axborot-tahliliy faoliyatni olib boruvçi markazni taşkil etiş kabilar şular jumlasidandir.
Şavkat Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan takliflarni hayotga tatbiq etiş, parlament, Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunçilik palatasi deputatlari va Senati a'zolari faoliyatini ilmiy, axborot-tahliliy jihatdan ta'minlaş samaradorligini oşiriş maqsadida Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Qonunçilik muammolari va parlament tadqiqotlari instituti taşkil etildi.
Institut zimmasiga bir neça yönalişdagi vazifalar yuklatildi, jumladan qonunçilik muammolarini, normativ-huquqiy hujjatlarni va huquqni qöllaş amaliyotini, ya'ni qonunlarning hayotga qanday tatbiq etilayotganini örganadi, Oliy Majlis palatalarining faoliyatini takomillaştirişga doir takliflarni tayyorlaydi.
Bundan taşqari, parlament palatalari, deputatlar va senatorlar faoliyatini ilmiy, axborot-tahliliy jihatdan ta'minlaydi, ularning professionallik darajasini oşirişga kömaklaşadi. Şuningdek, deputat yoki senator buyurtmasiga köra biror-bir sohada kiçik tadqiqot ötkazib, tegişli muammoning yeçimiga qaratilgan ilmiy asoslangan ma'lumotnomalar tayyorlab beradi. Yoki qonun loyihasini tayyorlaş böyiça bergan taklifini amalga oşirişda metodik, amaliy kömak beradi.
Qolaversa, huquq, siyosat, iqtisodiyot va boşqa sohalarda ilmiy tadqiqotlar ötkazadi, ilğor xalqaro tajribani hisobga olgan holda qonunçilikni rivojlantirişning ilmiy konsepsiyalarini işlab çiqadi. Masalan, hozir bizda aksariyat kodekslarning qabul qilinganiga 20 yildan oşdi, ötgan davr mobaynida hayotimizda köplab özgarişlar böldi, ayniqsa, Harakatlar strategiyasida bir qator dolzarb vazifalar belgilandi, şulardan kelib çiqib milliy qonunçiligimizning rivojlaniş tendensiyalarini aniqlaşga qaratilgan konsepsiyalarni yoki boşqaça aytganda “yöl xaritalar”i işlab çiqiladi. Bugungi kunda jami 20 mingga yaqin qonun hujjatlari mavjud bölib, şundan atigi 2,1 foizi qonunlar. Institut mazkur körsatkiç salmoğini, qonunlarning uluşini oşiriş, eng muhimi töğridan-töğri amal qiluvçi qonunlarni qabul qiliş borasida taşabbuslar bilan çiqadi.











