7 yanvarda Stokholm janubidagi metro stansiyasi yaqinida portlaş sodir böldi. Portlaşga qöl granatasi sabab bölgan bölişi mumkin. Bu haqda politsiya vakili Lars Alvarşyo SVT telekanaliga ma'lum qildi.
“Gap jangovar portlovçi qurilma haqida ketmoqda. Ayni vaqtda biz bu qöl granatasi bölişi mumkinligini taxmin qilmoqdamiz. Bu granatalar köpinça sobiq Yugoslaviyadan keltiriladi. Ehtimol, ular qayerdadir yertölada köp yillar davomida yotgan bölişi va xavf tuğdirişi mumkin. Biz bu granatalar oldinroq portlamaganidan taajjubdamiz”, deb aytgan politsiyaçi.
Portlaş haqidagi xabar Toşkent vaqti bilan 15.07da olingan. Ma'lum qilinişiça, voqea oqibatida 60 yoşli erkak jarohat olgan. Keyinroq u şifoxonada vafot etgan. Voqea joyida u bilan birga 45 yoşli ayol hamrohi bölgan. Ayolning aytişiça, erkak bir buyumni yerda yotganini körib, uni olişga qaror qilgan. Şunda buyum uning qölida portlab ketgan. Ayol ham jarohat olgan.
Politsiya uşbu hodisani terakt sifatida tasniflamayapti.















