Sifatga bölgan talab davlat soha standartlari va korxonalar standartlari kabi me'yoriy-huquqiy hujjatlar va me'yoriy-texnik hujjatlarda belgilanadi va qayd etiladi. Bunday standartlarning joriy qilinişi korxonalarning muvaffaqiyatli faoliyat körsatişi va rivojlanişiga xizmat qiladi, deb yozadi Turizmni rivojlantiriş davlat qömitasi rasmi sayti.

Turizm faoliyatiga oid obektlarni baholaşda köpinça bir qança nomutanosibliklar aniqlanadi. Ayrim mehmonxonalarda davlat tilini bilmaydigan xodimlar uçraydi, boşqasida — çoyşablar risoladagidek taxlanmagan yoki ularning körinişi talabga javob bermaydi. Köpinça kadrlar xalqaro talablarga javob bermaydi, aqalli birorta xorijiy tilni bilmaydi, mehmonni madaniyat va xuşmuomalalik bilan kutib oliş könikmasiga ega emas. Mehmonxonaga berilgan klass köpinça uning asliyatiga mos kelmaydi va heç qanday asosga ega bölmaydi.

Şu sababli standartlar işlab çiqiş turizmni rivojlantirişda ulkan rol öynaydi. Özbekiston Respublikasi turizmni rivojlantiriş davlat qömitasi huzuridagi «Turistik xizmatlarni sertifikatlaştiriş markazi» DUK Oʻz DSt3220:2017 «Turistik xizmatlar. Joylaştiriş vositalari. Umumiy talablar» Özbekiston Respublikasi davlat standartini işlab çiqdi. Standart GOST 28681.3–95 va GOST 28681.4-95 kabi eski standartlar bilan muştaraklaştirilgan va 2018 yil 1 yanvaridan amal qila boşladi. Markaz uşbu standartni qöllaş böyiça barça savollarga javob beriş va kömak körsatiş uçun tayyor.

Markaz işida Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 5 iyundagi №355-sonli «Turoperator va mehmonxona xizmatlarini sertifikatlaştiriş tartibi töğrisidagi Nizomni tasdiqlaş haqida»gi qarori muhim rol öynadi. Uşbu Nizom Özbekiston Respublikasining «Turizm haqida» va «Mahsulotlar va xizmatlarni sertifikatlaştiriş haqida»gi qonunlari, Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 2 dekabrdagi PF–4861 sonli «Özbekiston Respublikasining turizm sohasini jadal rivojlantirişni ta'minlaş çora-tadbirlari töğrisida»gi farmoni, Prezidentning 2016 yil 2 dekabrdagi PQ–2666 sonli «Özbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantiriş davlat qömitasi faoliyatini taşkil etiş töğrisida»gi qaroriga muvofiq, turoperatorlik va mehmonxona xizmatlarini sertifikatlaştiriş va inspeksiya nazorati tartibini belgilab beradi.

Markaz ham amaliy, ham nazariy xarakterdagi yordamni körsata oladi. Davlat turizmni rivojlantiriş qömitasi iş uslubini töliq özgartirmoqda hamda turoperatorlik va mehmonxona xizmatlarini sertifkatlaştiriş tartibi, şuningdek, turistik firmalar faoliyati böyiça taklif va istaklarni joriy etişga tayyor.