Ikkinçi smenada işlovçi ayollar boşqalarga nisbatan köproq kökrak bezi, teri va ovqat hazm qiliş organlari saratonidan aziyat çekişar ekan. Cancer Epidemiology, Biomarkers & Prevention jurnalida tibbiyot xodimlarining şu mavzudagi tadqiqot natijalari taqdim etildi. 

"Tadqiqotimiz natijalariga köra, tungi smenada işlaş ayollarda eng köp tarqalgan saraton şakllarining rivojlaniş xavfini oşiruvçi omil hisoblanar ekan. Biz tomonimizdan yiğilgan ma'lumotlar ularni qanday himoyalaş mumkinligini tuşunişga yordam beradi, şuningdek bunday xodimlar hozirning özidanoq muntazam ravişda tekşiruvdan ötişi kerakligiga işora qiladi", - dedi Çendu (Xitoy)dagi Siçuan provinsiyasi universitetidan Syueley Ma. 

2007 yilda Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti taqdim etgan hisobotga köra, ekspertlar tungi smenada faoliyat yuritiş tana bioritmlarida buzilişlarning rivojlanişiga va saraton, şu jumladan kökrak bezi saratoni rivoji imkoniyatlarining oşişiga olib kelişini ma'lum qilişgan. Olimlarning ta'kidlaşiça, uyqu va tetiklik sikllari buzilgan jonivorlarni kuzatib, şunday xulosalarga kelingan. 

Keyinçalik bu xulosalarga şubhalar bildirilgan - Oksford şifokorlar jamoasi ayollar salomatligini kuzatişga doir uç yirik loyiha statistikasini tahlil qildi va tungi faoliyat ayollarda saratonga moyillikni keltirib çiqarişiga heç qanday asos topa olmadi. 

Ma va uning hamkasblari buni tekşirişga kirişişdi - ular Şimoliy Amerika, Yevropa, Avtsraliya va Osiyoda yaşovçi deyarli 4 million ayol iştirok etgan kuzatuvlar natijalarini bir joyga töplaşdi. Ulardan taxminan 114 ming nafari saraton qurboniga aylandi, bu esa olimlarga tungi smenada işlaş ayollarda nafaqat kökrak bezi saratoni, balki ösimtalarning köplab boşqa turlari rivojlanişiga ham ta'sir körsatişini kuzatiş imkonini berdi. 

Ma'lum bölişiça, tungi smenada işlaş haqiqatda kökrak bezi saratoni va köplab boşqa ösimtalar ehtimolini oşirgan, biroq barça ayollarda emas - faqat Yevropa va Şimoliy Amerikada yaşagan ayollarda. Maning fikriça, bu yevropalik va amerikalik ayollarda jinsiy gormonlar darajasi sayyoraning boşqa burçaklaridagi ayollarga nisbatan yuqori ekani bilan boğliq. 

Tungi smenada faoliyat yuritgan amerikalik va yevropalik ayollarda har qanday turdagi saraton rivoji xavfi boşqalarga nisbatan örtaça 19 foizga yuqori ekan. Şu bilan birga, ular teri saratonidan - 40 foizga, kökrak bezi saratonidan - 32 foizga va oşqozon-içak tizimi saratoni şakllaridan 18 foizga köproq  jabrlanişi qayd etilgan. 

Olimlarning ta'kidlaşiça, ular yana bir taşvişli tendensiyani aniqlaşga muvaffaq bölişgan - ayollar keçki payt qança intensiv işlaşsa, buning ta'siri şunça yuqori bölar ekan. Xususan, tungi smenada işlaşning har beş yili kökrak bezi saratoni rivoji ehtimolini 3,3 foizga oşiradi.