2017–2021 yillarda Özbekiston Respublikasini rivojlantirişning beş ustuvor yönalişi böyiça harakatlar strategiyasida belgilangan barça vazifalar mamlakatimiz taraqqiyoti yölida muhim dasturul amal bölib kelmoqda.

Prezident Ş.Mirziyoyev farmoniga asosan «Özbekistonni innovatsion rivojlantiriş vazirligi» taşkil etildi. Vazirlik ilm ahli vakillari bilan muntazam hamkorlik hamda ularning boy tajribalaridan foydalanişni ham öz oldiga maqsad qilib qöygan.

Prezidentning «Özbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining haqiqiy a'zolarini tasdiqlaş töğrisida»gi Farmoni bilan 22 yillik uzoq tanaffusdan söng akademiklikka tasdiqlaş uçun eng munosib olimlarni tanlov asosida saralab oliş işlariga yakun yasalib, akademiyaning Hay'ati va faoliyat körsatayotgan haqiqiy a'zolari tavsiyasiga köra, Fanlar akademiyasining 32 nafar yangi haqiqiy a'zolari tasdiqlandi.

Akademiyaning yangi, haqiqiy a'zolari tomonidan amalga oşiriladigan işlar, ötkaziladigan tadbirlar rejasi işlab çiqilib, har bir akademik uçun yöl xaritasi tuzildi.

Özbekistonni Innovatsion rivojlantiriş vazirligida Fanlar akademiyasining 32 nafar yangi haqiqiy a'zolari bilan uçraşuv bölib ötdi. Unda ana şu xaritada belgilab qöyilgan masalalarga e'tibor qaratildi, deya xabar beradi KUN.UZ’ga vazirlik matbuot xizmati.

Yiğiliş davomida akademiklar «Ilm-fansiz kelajak yöq» ğoyasi asosida kelajak uçun rejalar işlab çiqiş, yoşlar orasida ilm oliş, zamonaviy bilim va könikmalarni egallaşga bölgan qiziqişni oşiriş, bugungi kun talablaridan kelib çiqib, barça sohalarga innovatsion ğoyalarni tatbiq etiş va ularni hayotga joriy etiş masalalari tilga olindi.

Foto: Kun.uz

Yiğilişda vazir I.Abdurahmonov amalga oşirilişi lozim bölgan işlar haqida öz fiklarini bayon etib, yiğiliş davomida ayrim takliflarni ilgari surdi.

Endi mana şu 32 nafar akademiyaning yangi a'zolari guruhlarga bölingan holda respublikada mavjud bölgan 4ta ilmiy tadqiqot markazlari, xususan Yuqori texnologiyalar markazi, Genomika va bioinformatika markazi, Xalqaro quyoş energiyasi ilmiy tadqiqot instituti, Şarqşunoslik instituti qoşidagi ilmiy tadqiqotlar markazlariga taşrif buyurib, amalga oşirilayotgan işlar va yangiliklar bilan tanişişadi, bu esa turli yönalişlarda faoliyat olib borayotgan olimlarning özaro hamkorliklarini oşirişga xizmat qiladi.

Foto: Kun.uz

Şuningdek, har bir guruh a'zolari bittadan öquv dargohini «ilmiy otaliq»qa olişi va öşa bilim maskanini tom ma'noda rivojlantirişga öz hissasini qöşişi lozimligi ta'kidlandi.

Şundan söng uçraşuvdan tölqinlangan akademiklar xududlardagi maktab va kollej öquvçilarning navbat bilan akademiklar faoliyat yuritayotgan maskanlarga taşrifini taşkillaştiriş va öziga xos ilmiy sayohat amalga oşirilişi kerak degan taşabbus çiqişgan.

Akademiklarni yoşlar orasida tanitiş, ularning faoliyatlari, ilmiy işlarini keng tarğib etiş va eng asosiysi kelajak egalari orasida zamonaviy bilimlarni egallaş, ilm olişga bölgan qiziqişlarini oşiriş, ularga ilmiy motivatsiya berişni közda tutuvçi bu takliflar barçaga ma'qul keldi. Ta'kidlaş lozim, uşbu jarayon nafaqat poytaxtda, balki respublikaning har bir hududida taşkil etiladi.

Özbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 32 nafar yangi haqiqiy a'zolari

Fizika-matematika fanlari böyiça

1. A'zamov Abdulla — Fanlar akademiyasi Matematika instituti bölim mudiri

2. Bahodirxonov Muhammadkabir — Toşkent davlat texnika universiteti kafedra mudiri

3. Bahromov Sa'dulla Abdullayeviç — Fanlar akademiyasi fizika-matematika va texnika fanlari bölimi rahbari-ilmiy kotibi

4. Zaynobiddinov Sirojiddin — Andijon davlat universiteti professori

5. Laqayev Saidahmad — Samarqand davlat universiteti kafedra mudiri

6. Usmonov Temurbek — Fanlar akademiyasi Ion-plazma va lazer texnologiyalari instituti laboratoriya mudiri

7. Egamberdiyev Şuhrat Abdumannopoviç — Fanlar akademiyasi Astronomiya instituti direktori

 

Kimyo fanlari böyiça

8. Jalilov Abdulahad Töroboviç — «Toşkent kimyo-texnologiyalar ilmiy-tadqiqot instituti» davlat unitar korxonasi direktori

9. Ibrohimov Baxtiyor Tölaganoviç — Fanlar akademiyasi boş ilmiy kotibi

10. Namozov Şafoat Sattoroviç — Fanlar akademiyasi Umumiy va noorganik kimyo instituti laboratoriya mudiri

11. Törayev Abbosxon Sobirxonoviç — Fanlar akademiyasi Bioorganik kimyo instituti direktori örinbosari

 

Biologiya fanlari böyiça

12. Abdurahmonov Ibrohim Yölçiyeviç— Innovatsion rivojlaniş vaziri

13. Sobirov Ravşan Zoiroviç — Fanlar akademiyasi Bioorganik kimyo instituti laboratoriya mudiri

14. Tojiboyev Komil Şarofiddinoviç — Fanlar akademiyasi Botanika instituti direktori

 

Texnika fanlari böyiça

15. Allayev Qahroman Rahimoviç — Toşkent davlat texnika universiteti professori

16. Egamberdiyev Husan Zokiroviç — Toşkent davlat texnika universiteti professori

17. Mirsaidov Mirziyod — Toşkent irrigatsiya va qişloq xöjaligini mexanizatsiyalaş muhandislari instituti kafedra mudiri

 

Qişloq xöjaligi fanlari böyiça

18. Sulaymonov Botirjon Abduşukuroviç — Toşkent davlat agrar universiteti rektori

 

Tarix fanlari böyiça

19. Sagdullayev Anatoliy Sagdullayeviç — Özbekiston Milliy universiteti professori

20. Yusupova Diloram Yunusovna — Fanlar akademiyasi Şarqşunoslik instituti yetakçi ilmiy xodimi

 

Iqtisodiyot fanlari böyiça

21. Abdurahmonov Qalandar — G.V.Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universitetining Toşkent filiali direktori

22. Aimbetov Nagmet Kalliyeviç — Fanlar akademiyasi Qoraqalpoğiston bölimi raisi

 

Filologiya fanlari böyiça

23. Karimov Naim Fotihoviç — Qatağon qurbonlari xotirasi muzeyi yetakçi ilmiy xodimi

24. Mirzayev Töra — Fanlar akademiyasi Özbek tili, adabiyoti va folklori instituti yetakçi ilmiy xodimi

 

Yuridik fanlar böyiça

25. Saidov Akmal Xolmatoviç — Inson huquqlari böyiça Özbekiston Respublikasi Milliy markazi direktori

 

Pedagogika fanlari böyiça

26. Jörayev Risboy — Qori Niyoziy nomidagi Özbekiston pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot instituti loyiha rahbari

 

Tibbiyot fanlari böyiça

27. Alyavi Anis Lyutfullayeviç — Respublika ixtisoslaştirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi loyiha rahbari

28. Oripova Tamaraxon Öktamovna — Soğliqni saqlaş vazirligi Respublika immunologiya ilmiy markazi direktori

29. Inoyatova Flora Ilyasovna — Respublika ixtisoslaştirilgan pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi loyiha rahbari

30. Qurbonov Ravşanbek Davlatoviç — Respublika ixtisoslaştirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktori

31. Nazirov Feruz Ğofuroviç — Akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslaştirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktori

 

San'atşunoslik fanlari böyiça

32. Hakimov Akbar Abdullayeviç — Fanlar akademiyasi San'atşunoslik instituti bölim mudiri