9 noyabr kuni Innovatsion rivojlaniş vazirligi axborot xizmati Toşkent şahrida tarqalgan çang böronidan keyin çökkan çang tarkibi ilmiy örganilgani haqida ma'lumot berdi. Mazkur xabar ijtimoiy tarmoqlarda muhokamalarni keltirib çiqardi va negativ fikrlar bildirilişiga sabab böldi. Vazirlik mazkur holat yuzasidan rasmiy bayonot bilan çiqdi.
Qayd etilişiça, çindan ham çang tarkibida inson hayotiga töğridan töğri xavf körsatuvçi kimyoviy elementlar yöq.
“Şuni ma'lum qilamizki, çang tarkibida oğir tuzlar, zararli metallar, zaharli pestitsidlar yöqligi – bu ilmiy fakt va buni boşqaça talqin qilişdan ma'no va maqsad yöq. Mazkur ilmiy natijani inkor etiş mumkin emas.
Ilmiy laboratoriyada 4 noyabr keçasidan boşlangan çang böroni tarkibi örganildi va Innovatsion rivojlaniş vazirligi tomonidan laboratoriya tahlillari natijasiga köra ma'lumot berildi. Bu çang tarkibining ilmiy tahlili bölib, unda çang eritilganda işqoriy xususiyatlari namoyon bölgani ham ta'kidlab ötilgan.
Çang organizmga u yoki bu darajada ta'sir körsatişi aniq, lekin yuqori texnologik asbob-uskunalarda ötkazilgan tekşiruvlar natijasida çang tarkibida inson hayotiga töğridan töğri xavf körsatuvçi kimyoviy elementlar yöqligi aniqlangan.
“Tez yordam”ga çaqiruvlar köpaygani çangning işqoriyligi, nafas oliş yöllariga ta'siri bilan boğliq bölişi mumkin, bu haqda tibbiyot xodimlari tegişli xulosa berişadi. Innovatsion rivojlaniş vazirligi xabarida xromatografiya natijalari körsatilgan. Va bu tadqiqotda 4 noyabrdan beri mamlakatimizda tarqagan çang tarkibi inson hayotiga öta jiddiy xavf soluvçi omillarga ega emasligi körsatilgan.
Çang miqdorining köpayib ketgani – ikkinçi masala va bu borada kerakli taşkilotlar öz prognozlari va maslahatlarini berib ötgan”, – deyiladi vazirlik tuşuntirişida.
Eslatib ötamiz, 4 noyabr keçasida Toşkent havosida çang miqdori belgilangan me'yordagidan 30 barobargaça ortgani xabar qilingandi. Noqulay ob-havo ta'sirida birgina 4 noyabr kunining özida poytaxtda 678 kişi nafas qisişi tufayli “Tez yordam” çaqirgan













