AQŞning xotira kartalarini işlab çiqarişga ixtisoslaşgan SanDisk kompaniyasi Las-Vegasdagi CES (Consumer Electronics Show) iste'molçilik körgazmasida bir terabayt (ming gigabayt) siğimga ega dunyodagi eng mitti fleşkani taqdim qildi. Fleşka suratiga köra, uning ölçami hozirda işlatiladigan oddiy fleşkalarnikiga yaqin.


Uşbu fleşka ma'lumotlarni nafaqat kompyuterga, balki smartfonga uzatişga imkon beruvçi USB-C raz'yomi bilan jihozlangan.
SanDisk’ning qayd qilişiça, taqdim qilingan fleşka işçi prototipdir. Kompaniya uşbu fleşkaning ommaviy ravişda işlab çiqarilişi, texnik körsatkiçlari, narxi böyiça heç qanday ma'lumot bermagan.
Ayni vaqtda 1 Tb siğimga ega qattiq disklar 350 dollarga yaqin turadi.












