Janubiy Koreya prezidenti Mun Çje In KXDR yetakçisi Kim Çen In bilan uçraşuvda unga broşyura va içida yangi iqtisodiy tuzilma rejasi bölgan fleşkani topşirdi. Bu haqda “Çunan ilbo” gazetasi Janubiy Koreya prezidenti ma'muriyatiga asosan xabar qilmoqda.
Fleşkada Koreya yarim oroli iqtisodiyoti Şimol va Janubning birgalikdagi sa'y-harakatlari bilan qanday rivojlanişi mumkinligiga doir taqdimot bor. Naşr xabariga köra, gap Janub va Şimolning Şimoliy Koreya yadrosizlanganidagi hamkorligi haqida ketyapti. Loyiha tafsilotlari oçiqlanmagan, biroq ma'lum bölişiça, uning bir qismida elektrostansiyalar haqida söz yuritilgan, bu esa Janubiy Koreyaning KXDRda energetikani rivojlantiriş böyiça takliflarini anglatadi.
Esltib ötamiz, avvalroq Janubiy Koreya prezidenti Tramp va Kim Çen Inning uçraşuvi uçun joy topgani, u har ikki Koreya örtasidagi Pxanmunjom qurolsizlantirilgan hududda bölib ötişi mumkinligi xabar qilingandi.













