Sönggi paytda ijtimoiy tarmoq sahifalarida xalq orasida «Malika» savdo markazi sifatida tanilgan binoda savdo qilayotgan tadbirkorlar noxuş kayfiyatda aks etgan video lavhalar köpayib qoldi. Kun.uz muxbiri vaziyatga oydinlik kiritiş uçun savdo markazi ma'muriyati bilan suhbatlaşdi.

Ma'lum qilinişiça, sobiq «Malika» işlab çiqariş birlaşmasi binosi va unga tegişli mulklar 1994 yili Xususiylaştiriş, monopoliyadan çiqariş va raqobatni rivojlantiriş qömitasi (hozirda Xususiylaştirilgan korxonalarga kömaklaşiş va raqobatni rivojlantiriş Davlat qömitasi sifatida qayta taşkil etilgan) tomonidan xususiylaştirişga tegişli tartibda çiqarilgandi.

Kun.uz muxbiri bilan suhbatlaşgan Premium Prime Service MÇJ direktori örinbosari Azimov Asqarning ta'kidlaşiça, «Malika» binosining xususiylaştirilişi çoğida huquqiy kamçiliklarga yöl qöyilgandi. Şuni e'tiborga olib, prokuratura xodimlari hokimning tegişli qarori yuzasidan taqdimnoma kiritib, iş sud tartibida körib çiqilgandi.

«​Uzoq vaqtdan beri sud mazkur işni bir neçta instansiya bosqiçlarida körib çiqdi, prokuratura taqdimnomasini qanoatlantirgan. Binoning sobiq egalari böhton va tuhmatlar bilan qonuniy çiqarilgan qaror va hukmlarni çippakka çiqarmoqçi böldi. Şundan söng, sobiq «Malika» tasarrufida bölgan barça mulklar Toşkent şahar hokimligi balansiga talab qiliş şarti bilan qaytarildi»​, deydi Azimov.

Haqiqatan, 2018 yil 9 fevral kuni Özbekiston Respublikasi Boş vaziri Abdulla Aripov tasdiqlagan hujjatga köra, bino Toşkent şahar hokimligi hisobiga ötkazilgani, savdo markazi ijara şartnomasi asosida xöjalik yurituvçi sub'yektlarga berilişi ma'lum qilindi.

«​Biz ham örnatilgan tartibga rioya qilgan holda, Şahar binolardan foydalaniş departamenti va Davlat mulkini ijaraga beriş markazi bilan uçtomonlama şartnoma tuzganmiz. Ma'lumot uçun aytib ötiş kerakki, 1 kv metr uçun örtaça 213,445 söm ijara haqi tölanadi, bir oyda örtaça hisobda 900 million sömdan ortiq ijara pulini davlat ğaznasiga tölamoqdamiz. Bu raqamlarni avvalgi davr bilan soliştirsak, (bino xususiy mulk e'tirofida bölgan payt - tahr.) majburiy tölovlar umumiy summasi 100 million sömdan zörğa oşgandi. Vaziyatga baho berib, anglaş mumkinki, davlat tasarrufida turgan binodan foydalanganlik uçun ijara haqini tölaşimiz ança manfaatli bölmoqda, ya'ni daromadlar qora sxema orqali şaxsiy çöntakka tuşib qolmayapti»​, deydi direktor örinbosari.

Azimovning sözlariga köra, sobiq «Malika» işlab çiqariş binosi aslida sun'iy bankrotlik qurboniga aylanib, şaxsiy manfaati va nafsini öylagan kimsalar tomonidan talon-taroj etilgan.

«​Binoning sobiq egalari haligaça bizga tazyiq qilib, «rahnamolari» yordamida turli yöllar bilan taşviş tuğdirmoqda. Aslida biz halol va qonun ustuvorligi tamoyili asosida iş olib boryapmiz.