Özbekistonda şifokorning kasbiy xatosini aniqlaşning ta'sirçan tizimi joriy etiladi. Şu yilning 30 martiga qadar Soğliqni saqlaş vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Adliya vazirligi, IIV, Boş prokuratura va Axborot texnologiyalari vazirligi tegişli normativ hujjat loyihasini işlab çiqişi kerak. Bu muhokama uçun e'lon qilingan 2017−2021 yillarda Özbekiston Respublikasini rivojlantirişning beşta ustuvor yönalişi böyiça Harakatlar strategiyasini «Faol tadbirkorlik, innovatsion ğoyalar va texnologiyalarni qöllab-quvvatlaş yili»da amalga oşirişga oid davlat dasturi loyihasida közda tutilgan.

Loyihada har bir tibbiyot muassasasida bemorlarning şifokor kasbiy xatosidan xavfsizligini ta'minlaş böyiça doimiy ekspertlar guruhlari taşkil etilişi, tibbiyot xodimlarining xatosi oqibatida yetkazilgan zarar töğrisida soğliqni saqlaş organlariga xabar qiliş, ularni körib çiqiş va xizmat tekşiruvini ötkaziş tartibi, xatosini öz vaqtida va ixtiyoriy tan olgan, yetkazilgan zararni qoplagan tibbiyot xodimini ayrim salbiy oqibatlardan ozod etiş, tibbiyot xodimlari yöl qöygan xatolar haqida ma'lumot beriş, ularni hisobga oliş va oldini oliş tizimini yaratiş örin olgan.

Şuningdek, kasallik tarixini, şu jumladan, retseptni elektron şaklda töldirişni (qölyozma usulidan töliq voz keçgan holda) joriy etiş va uni tegişli dorixonadagi ma'lumotlar bazasiga joylaştirişni ta'minlaydigan axborot tizimini bosqiçma-bosqiç amalga kiritiş nazarda tutiladi.

Eslatib ötamiz, ötgan yilning 8 noyabrida Toşkent şahrining Olmazor tumanida bir oila farzandlari bölgan 3 opa-singil ketma-ket vafot etgandi.

Dastlabki xabarlarda  4, 7 va 10 yoşda bölgan  qizaloqlarning ölimiga notöğri berilgan dori vositasi, tabib tayyorlab bergan damlama yoki köçadagi yemakxonadan olingan qiyma kabob sabab bölgan bölişi mumkinligi ta'kidlangan edi. 

Keyinroq Özbekiston Soğliqni saqlaş vazirligi (SSV) Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tadqiqot institutidagi manba Qosimovalarning ölimiga dori vositalarining notöğri berilgani sabab bölgani haqida ma'lum qildi.

Sud-tibbiy ekspertizasi natijalariga köra, qizlar dori vositalarini notöğri qabul qilganliklari uçun olamdan ötgan. Qizlarga parazitlarga qarşi «Vermoks» preparati buyurilgan bölgan.

Ammo dorixona xodimi şifokorning qölda töldirilgan retseptidagi yozuvga tuşunmasdan, yurakka aloqador xastaliklarda qabul qilinuvçi «Verapamil» dori vositasini bergan. Uşbu dorini qabul qiliş oqibatida qizlarda kardiogen şok holati